Italiya va Ispaniya Reja: 1. Birinchi jahon urushining Italiya uchun oqibatlari. 2. Orlando hukumatining ichki va tashqi siyosati. 3. Ichki siyosat 4. Birinchi jahon urushining Ispaniya uchun ta'siri. Italiya ham urushda g'olib davlatlardan biri edi. Biroq bu g'oliblik unga juda qimmatga tushgan. Italiya urushda 650 ming fuqarosini yo'qotdi. 800 mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo'lib qoldi. Mamlakat harbiy xarajatlari 46 mlrd lirni tashkil etdi. Urush mamlakatni moliyaviy jihatdan holdan toydirdi. Ayni paytda Italiya Buyuk Britaniyadan 2,5 mlrd, AQSHdan esa 1,5 mlrd dollar qarz bo'lib qoldi. Shu tariqa Italiyaning chet el mahsulotlariga, kreditlarga qaramligi yanada kuchaydi. Urushgacha ham qishloq xo'jaligi Italiya iqtisodiyotining nihoyatda qoloq sohasi edi. Urush esa bu sohani yanada xarob qildi. Yer egaligida o'rta asrchilik qoldiqlari hamon davom etardi. Chunonchi, 40 ming yirik yer egalari 10 mln gektar yerga egalik qilgani holda, 2,5 mln dehqon atigi 6 mln gektar yerga egalik qilardi. Dehqon oilalarining deyarli yarmida hech qanday yer yo'q edi. Ular og'ir shartlar asosida ijaraga yer olib hayot kechirganlar. Italiyaning janubida (Sitsiliya va Sardiniyada) ahvol undan ham og'ir edi. Davlat qarzining ko'pligi soliqlarni keskin oshirishga olib keldi. Pu qadrsizlandi, natijada narx-navo dahshatli tarzda o'sib bordi. Mamlakatdc ocharchilik ro'y berdi. Buning ustiga urush natijalari Italiyani g'oliblar ichid£ mag'lub davlatga aylantirib qo'ydi. Ma'lumki, Italiya dastlab «Uchlai itlifoqi»ning a'zosi bo'lgan edi. Jahon urushi boshlangach Italiya kutit turish yo'lini tutdi. Bundan foydalangan Antanta, katta va'dalar berib. Italiyani o'z tomoniga og'dirisfjga muvaffaq bo'lgan edi. Ammo Parij sulh konferensiyasida Buyuk Britaniya va Fransiya o'2 va'dalari ustidan chiqmadi. Ya'ni, ular va'da qilingan hududlarni Italiyaga bermadi. To'g'ri, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.37 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.37 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx