IX-XII asrlar da o'rta osiyo xalqlari hayotida Badiiy adabiyot va islomshunos olimlar Ko'hna Xorazm farzandi Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan osmonidagi yorqin yulduzlar qatorida turadi. Buyuk mutafakkir arab grammatikasi, lug'atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug'rofiya, tafsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ga oid 50 dan ziyod noyob asarlar muallifidir. Uning «Al-Mufassal», «Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog'a» («Notiqlik asoslari»), «Xutbalar va va'zlar bayonida oltin shodalar», «Ezgular bahori va yaxshilar bayoni», «Aruzda oichov (me'zon)», «Nihoyasiga yetgan masalalar», «Nozik iboralar», «Qur'on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so'zlar ko'zlarini ochish» kabi asarlari butun Sharq va arab dunyosida qadrlanib kelinadi. Shuningdek, Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag'miniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy kabi allomalarimiz yaratgan boy ilmiy-ma'naviy meros ham Vatanimiz shuhratini olamga taratdi. Shunday qilib, O'rta Osiyo hududida yuz bergan Uyg'onish davrida ko'plab favqulodda iste'dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon fanining turli yo'nalishlarida betakror kashflyotlar, durdona asarlar yaratdilar. Bu bilan ular Vatanimiz shonu sharafini yuksaklarga ko'tardilar hamda kelgusi avlodlar uchun bitmas-tuganmas meros qoldirdilar. Badiiy adabiyot. IX-XII asrlar adabiy jarayonining rivojiga jiddiy hissa qo'shgan, badiiy so'z qadrini yuksakka ko'targan daho adiblar to'g'risida so'z yuritganda Ahmad Yugnakiy, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Abu AbduIIo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Nosir Xusrav singari aziz siymolar nomlari ko'z. o'ngimizda namoyon bo'ladi. Ularning har birining mangulikka muhrlangan hayotbahsh ijodi necha asrlar osha hamon kishilar qalbiga estetik huzur, quvonch bag'ishlab, ularni yuksak orzu, maqsadlar sari ilhomlantirib keladi. Turkiy (eski o'zbek) adabiyotining asoschilaridan sanalgan Mahmud Qoshg'ariy (XI asr) ijodi O'rta Osiyo Uyg'onish davri madaniy taraqqiyotida muhim o'rin egallaydi. Uning merosi o'sha davr badiiy adabiyoti rivojida ham, turkiy xalqlarning etnik tarkibi, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.85 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.85 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: doc