IX-XII asrlarda adabiyot, me'morchilik va din ravnaQi. O'rta Osiyolik buyuk islomshunos mutafakkirlar Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g'isht bilan qurilgan go'zal maqbara. Bu bino to'rtburchak shaklida bo'lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To'rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o'tilgan. Shu bilan birga bu bino to'rt fasadlidir. Uning to'rtala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Odsiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo'q Hamma tomoni bir xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o'sha davr uchun xos bo'lgan me'moriy xususiyatlardan ham ko'p foydalanilgan. Masalan, binoning tashqi burchaklariga ustunlar o'rnatish. Bino ichidagi bunday shakddagi, shuningdek, dumaloq manzarali maydonlar ham islomgacha bo'lgan yodgorliklarda uchraydi. 1X-X asr me'morchiligining rivojlanish yo'llarining saqlanib qolganligini ko'plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko'pgina masjidlar o'z vaqtida arablargacha bo'lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo'lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo'lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g'ishtlar, o'yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan Bu davrga oid masjidlar to'g'risida so'z yuritilganda, Buxorodagi Mag'oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O'rta Osiyoda diniy me'morchilikning rivojlanish yo'llarini kuzatish imkoniyatini berdi.Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o'zi uchun katga saroy qurdirgan va uning qurilishiga kagga mablag' sarflagan. Bu saroy g'oyat go'zal bo'lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo'lgan. Bu saroylar o'zlarining kattaligi va go'zalligi bilan ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx