IX-XII Asrlarda yashab ijod Qilgan O'rta Osiyolik buyuk allomalar va ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga Qo'shgan hissalari. Fanda «Uyg'onish davri» deb ataladigan davr G'arbiy va Markaziy Yevropada joylashgan mamlakat-larda X1U-XU1 asrlardagi rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba «uyg'onish» atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J. Vzzari o'z asarlarida ishlatadi. «Uyg'onish», «uyg'onish davri» atamalari X1U-XU1 asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko'proq antik davr merosini, ya'ni antik madaniyatga o'xshash madaniyat-ning qaytadan «tirilishi», «uyg'onishi» ma'nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo'llanila boshlandi. Shu ma'noda ko'pchilik tadqiqotchilar 1X-XI asrlar O'rta Osiyo xalqlari tarixvda madaniyatning rivojlanishiga xos xususiyat-larni ham «uyg'onish» davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. 1X-XP asrlar O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo'ldi. VII asrda Arab xalifaligi hozirda O'rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo'lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo'ysundirilgan edi. Bu hol o'z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VII asr oxiri IX asr boshlarida bo'ysundirilgan xalqlarni mutlaq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma'murlariga, balki o'lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi. Ma'mun akademiyasida Movarounnahrlik olimlar. Arab halifaligi tarixida Abbosiylar sulolasi(750-1258 y) davri alohida o'rin tutadi. Xususan halifa Xorun ar-Rashid (786-809 y) va uning o'g'li al-Ma'mun (813-833y) davrlarda Bog'dodda ilm-fan yuksaldi, yunon olimlaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Suqrot (Sokrat), Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Iklidus (Yevklid) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilinib, xristian va islom ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.24 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.24 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx