IX-XII asrlarda islom dini va so'fiylik IX-XII asrlarda islom dini O'rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida katta rol o'ynay boshladi. Movarounnahrda bu davr arab xalifaligidan mustaqil bo'lgan davlatlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi davri bo'lgan bo'lsa, islom bu vaqtda Sharqda keng tarqalib jahon dini darajasiga ko'tariladi, musulmon dunyosining mafkurasiga aylanadi. Arab tili davlat tili darajasiga ko'tariladi. Azaldan savodli bo'lgan, madaniyat darajasi yuqori darajaga ko'tarilgan xalq tez orada nafaqat arab tilini, balki islomni ham chuqur o'rganib, arab tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni yetishtirib chiqara boshladi. Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar va g'aznaviylar, Xorazmshohlar davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni yanada mustahkamlash uchun islom diniga, uning ta'limotiga, tarixiy ahkomlariga e'tibor bir necha bor kuchaya boshlaydi. Shaharlarda masjidlaru-madrasalar qurilishiga e'tibor berila boshladi. Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda dastlabki madrasa Kovushdo'zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto qonunshunoslar uchun ham maxsus Faqihlar madrasasi degan ixtisoslashtirilgan madrasa qurdirilgan. Bunday bilim maskanlarida Qur'oni karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama mukammal o'rganilgan. O'sha davr shaharlari orasida islom dini ta'limotini chuqur targ'ib qilishda Buxoro shahri alohida o'rinni egallaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, madrasayu, maktablarning borligi bu yerda yetuk ilohiyot fani namoyondalarini yetishib chiqishiga xizmat qiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, Buxoro shu davrdan boshlab Qubbat-ul-islom(Islom dinining gumbazi) nomi bilan shuhrat topa boshlaydi. Sekin-asta markazlashgan davlatning asosiy mafkurasiga aylangan islom dini boshqa diniy qarashlarni siqib chiqara boshlaydi va xalq ommasini itoatda ushlab turish uchun qurol vositasi rolini ham bajara boshlaydi. Bu davrda islom ta'limotiga bebaho hissa qo'shgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziy kabi ko'plab ulamolar yetishib chiqdilar. Ular ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.13 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.13 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: doc