IX-XII asrlarda o'zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot Tohiriylar va Somoniylar davrida Movarounnahr IX asrga kelib O'rta Osiyo, xususan Movarounnahrda arab xalifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bo'lgan intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, xalifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan edi. Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida o'zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar. Hirot viloyatining Bushang shahridan bo'lgan Tohir ibn Husayn o'z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o'g'li Ma'mun (asli ismi Abdulla bo'lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma'mun o'rtasida hokimiyat uchun bo'lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog'dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn-Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (o'sha davrda Movarounnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o'zining qarorgohi etib tanladi. U o'zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifalikdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o'tirgandan so'ng oradan ko'p o'tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma'munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi. Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn Ma'mun odamlari tomonidan o'ldirildi. Uning o'rniga Talxa ibn Tohir (822-830-y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi qo'zg'olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o'ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bo'lgan. Xususan, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.84 KB
Ko'rishlar soni
375 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.84 KB
Ko'rishlar soni
375 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: doc