Ix-xii asrlarda Movarounnahrda me'morchilik, San'at va musiqa LOYIHA TOPSHIRIG'I Kirish. IX-XII asrlarda Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti yuksak darajada rivojlandi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O'zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko'plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Namozgoh, Minorai Kalon hamda Vobkent va Jarqo'rg'ondagi minoralar va ko'pgina boshqa binolar o'sha davr me'morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar o'ziga xos me'morchilikning rivoj topganligidan dalolat beradi. X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo'shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib ustunlari-yu sarrovlari va to'sinlarigacha yog'ochlarni biriktirish uslubida qurilib, sinchlaraing orasi xom g'isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma'lum bo'lishicha, X-XI asrlarda ham paxsa va xom g'ishtdan qurilgan imoratlar shahar me'morchiligida asosiy o'rinni egallagan. IX-XII asr boshlarida me'morchilik bilan birga naqqoshlik va o'ymakorlik, xattotlik san'ati ham ancha rivoj topadi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me'moriy nAQSHlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. Shuningdek, bu davrda musiqa san'ati ham g'oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to'ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo'shiqsiz o'tmas edi. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, qo'biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo'shnay va qonun kabi g'oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg'u asboblaridan keng foydalanganlar. Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o'zbek xalqlarining mumtoz kuyi «Shashmaqom» uchun poydevor bo'lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda» «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi kuylar ijod etilgan. Musiqa san'ati ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.75 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.75 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx