Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va ularning xalq ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni

Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va ularning xalq ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni

O'quvchilarga / Tarix
Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va ularning xalq ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va ularning xalq ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni Reja: Kirish 1.Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma'naviyatini ko'tarishdagi o'rni. 2.Jadidchilarning ta'lim berishni isloh qilish to'g'risidagi amaliy harakatlari va tarixiy taqdirlari to'g'risida. 3.Jadidchilik harakatining o'zbek milliy-ma'rifiy taraqqiyotidagi ahamiyati. Xulosa Turkiston xalqining boy ijtimoiy - falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o'zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g'oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos yo'nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Jadidchilikning asosiy g'oya va maqsadlari Turkistonni o'rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda o'lkani, xalqni, millatni zamonaviy mutaraqqiy yo'lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat ko'rish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi, milliy kushin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma'rifatchilarining Turkiston o'lkasida ma'rifatparvarlik g'oyalarini tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi asta-sekin bo'lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o'lkadagi mahalliy xalqning ongiga o'z ta'sirini o'tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy - ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffak bo'ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma'rifatchilik g'oyalari tarkala boshladi, yangi ta'lim-tarbiya shoxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ'ibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda ko'plab ma'rifatchilar yetishib chiqdi. Turkistonda jadidchilik harakati uch soha orqali faoliyat ko'rsatdi. Bular - maorif (yangicha maktablar ochish, ta'lim usulini yangilash), san'at (badiiy adabiyot, teatr) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.81 KB
Ko'rishlar soni 430 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.81 KB
Ko'rishlar soni 430 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga