Jaloliddin Manguberdi - Yurt himoyachisi

Jaloliddin Manguberdi - Yurt himoyachisi

O'quvchilarga / Tarix
Jaloliddin Manguberdi - Yurt himoyachisi - rasmi

Material tavsifi

Jaloliddin Manguberdi-yurt himoyachisi Jaloliddin Manguberdi-ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o'chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir. Islom Karimov Tariximizdagi ulug' zotlardan biri mo'g'ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yo'lida jon fido qilgan Jaloliddin Manguberdidir. O'rta asr musulmon mualliflari, jumladan uning vaziri va mirzasi ham bo'lgan an-Nasaviy uni Mankburni, (ya'ni mank belgi, xol degan ma'noda, xoldor burunli degan ma'noni anglatgan) nomi bilan atashgan. Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1998 yil 24-sentabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to'yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o'tildi. Yubiley munosabati bilan Urganchda sarkardaga ulkan memorial yodgorlik o'rnatildi, O'zbekiston Respublikasi FA Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Xorazm Ma'mun akademiyasi, bir qator Oliy o'quv yurtlari, turli jamg'armalar mutaxassislari tomonidan ko'plab risolalar chop etildi, mohir rassom T. Quryozov tomonidan sarkardaning portreti yaratildi, Jaloliddin Manguberdi-Vatan, yurt himoyachisi mavzuida xalqaro ilmiy anjuman o'tkazildi va eng muhimi Prezident I. Karimov boshchiligidagi hukumat va parlament a'zolari, chet ellik mehmonlar, yurtimiz mehmonlari ishtirokida ulkan teatrlashtirilgan tamoshalar bo'lib o'tdi. Jaloliddin og'ir bir paytda Movarounnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mo'g'ullar tomonidan istilo etilgan, imperiya qo'shini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik yo'liga, qolgani o'z joni-mulkini asrash yo'liga tushgan, sulton mamlakatni o'z holiga tashlab qo'ygan, o'zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo bo'ldi. Jaloliddin shunday bir og'ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mo'g'ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mo'g'ullarga qarshi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.74 KB
Ko'rishlar soni 332 marta
Ko'chirishlar soni 130 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.74 KB
Ko'rishlar soni 332 marta
Ko'chirishlar soni 130 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga