Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi Mo'g'ul davlatining tashkil topishi. Chingizxon va Xorazmshoh munosabatlari Mo'g'ullar haqida juda ko'plab ma'lumotlar mavjud bo'lib, ular menu (menva) nomi ostida Xitoyning Tan sulolasi (618-908) solnomasida ilk bora tilga olinadi. Mo'g'ul atamasi haligacha o'zining ilmiy isbotiga ega emas. Ular Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalarga yaqin va qondosh bo'lganliklari ehtimoldan xoli emas. Bu xususda olimlar turli fikrlarni bildiradilar. Mo'g'ul etnogenezi ham murakkab masala bo'lib, har holda elat sifatida ular XII asrda yuzaga kelgan bo'lishlari kerak. X-XI asrlarda esa asli Amur daryosi bo'ylarida yashagan 16 ta urug'-aymoqlarga bo'lingan tatan (tatar)larning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urug'idan alohida, moxe (mo'g'ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi. Bu qabila tezda kuchayib, 1135-39 yillari Xitoyga qator yurishlarni amalga oshirishadi. Hatto Xitoy imperatorlari 1147 yili mo'g'ullar bilan ittifoq tuzishga ham majbur bo'lishadi. XII asr o'rtalariga kelib Baykal ko'li atrofi, hozirgi Mo'g'uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko'pchiligi mo'g'ullar rahnomasi Yesugay bahodir ta'siriga o'ta boshlaydilar. Lekin unga qarshi turgan tatar, markit qabilalarni bo'ysundirish osonlik bilan kechmaydi. Yesugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonatkorona o'ldirishgandan so'ng, uning o'g'li bo'lmish Temuchinning ta'siri mo'g'ullar ichida ko'tarila boshlaydi. Temuchin (1155-1227) (mo'g'ulcha, temir ustasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bo'lib, parokanda qabilalarni turli yo'llar bilan o'z qo'li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi. 1186 yilda u boshqa bir mo'g'ul sarkardasi Jamuxa yordamida o'zining eski raqibi markitlarni bo'ysundiradi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra bu g'alabadan so'ng mo'g'ul no'yon (harbiy boshliqlar)lari va navkarlari uni olqishlab, mo'g'ul hukmdori-xon deb e'lon qilishgan. XII asr boshida esa yana bir boshqa kuchli qabila tatarlar ustidan ham g'alaba ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.74 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.74 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: doc