Jaloliddin manguberdi (to'liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198-1231) Jaloliddin Manguberdi qadimgi davrdan 13-asr o'rtalarigacha Xorazm hududida mavjud bo'lgan Xorazmshohlar davlatining so'nggi hukmdori (1220-31), mohir sarkarda. O'zbek davlatchiligi tizimidagi yirik sulolalardan biri - anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammad(1182-1220)ning katta o'g'li. Onasi - Oychechak turkman kanizaklardan bo'lgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) bo'lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o'zgarib Manguberdi nomi bilan mashhur bo'lib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G'azna, Bomiyon, G'ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo'lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat'iy noroziligi sababli Muhammad Xorazmshohning kenja o'g'li Qutbiddin O'zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o'zining jasur jangchi, iqtidorli sarkarda ekanligini namoyish etgan. Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ul qo'shiniari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida Xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo'yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolida edi. Og'ir betob bo'lgan Muhammad o'g'iliarini yoniga chorlab, so'nggi damda Jaloliddin Manguberdini o'z o'rniga Xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O'zloqshohlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e'lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo'ladilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi safdoshi, sarkarda Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yo'l oladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo'g'ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so'ng ularni tor-mor etib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar jo'natib, mo'g'ul bosqinchilariga qarshi kurashda birlashishga da'vat etdi, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.16 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.16 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx