Lotin Amerikasi davlatlari

Lotin Amerikasi davlatlari

O'quvchilarga / Tarix
Lotin Amerikasi davlatlari - rasmi

Material tavsifi

Lotin Amerikasi davlatlari. R E J A. 1. 2 - jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari. 2. Milliy istiqlolchilik. 3. Taraqqiyotning inqilobiy yo'li. Ikkinchi jahon uurushi Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining yuksalishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Buning sababi - urush tufayli bu mintaqa davlatlari xomashyosiga bo'lgan talablarining yanada oshib ketganligi edi. Talabning oshishi, Tabiiyki, xomashyo mahsulotlarining xarid narxini ham ko'tarib yubordi. Ayni paytda bu davlatlarning sanoat ham tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Bu esa, o'z navbatida, milliy sanoat mulkdorlari kuchayishiga olib keldi. Ikkinchidan, urush G'arbiy Yevropadavlatlarining Lotin Amerikasidagi mavqeini pasaytirib yubordi. Bu esa, o'z navbatida, mintaqada AQSH ta'sirining kuchayishiga olib keldi. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti AQSH monopoliyalari ta'siriga tushib qoldi. Chunonchi, AQSH bu mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu - boshqa barcha davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar ko'p edi. Mintaqada AQSH ning harbiy - siyosiy mavqei ham kuchayib bordi. Urush yillarida AQSH bu mintaqada 90 dan ortiq harbiiy - havo va harbiy - dengiz baza (qarorgohlar) tashkil etishga erishdi. Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yo'li xususida uch katta siyosiy guruh o'rtasida shiddatli kurash bordi. Bu - taraqqiyotning konservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo'llar tarafdorlari o'rtasidagi kurash edi. Konsenvatorlik latifundiyachilikning saqlanib qolishi uchun har qanday oozgarishga qarshi jon - jahdi bilan kurashar edi. Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi bo'lib keldi. Biroq ikkinchi jahon urushidan so'ng latifundiyachilikning qulashi muqarrar bo'lib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta'sirida hukumatning agrar islohot o'tkazishga majbur bo'lganligi, ikkinchidan, milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchunchidan esa, kuchli demokratik o'zgarishlar yuz berganligi sabab bo'ldi. Milliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.94 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.94 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga