Mahmud Qoshg'ariy (XI asr) XI asrda yashab ijod qilgan Mahmud Koshg'ariyning hayoti va ijodiy faoliyati to'g'risida yеtarli ma'lumotlar bizgacha yеtib kеlmagan. Shu bois olimning tug'ilgan yili va vafoti sanasi ham ma'lum emas. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Muhammad Koshg'ariydir. Bobosi Muhammad va otasi Xusayn, Koshg'ardagi Bеrеgon shahridan bo'lgan. Koshg'ariylar oilasi Bolasog'unga (Qirg'izistonning hozirgi To'qmoq shahri) ko'chib kеlishganda Mahmud hali yosh bola edi. Bo'lajak olim o'z davrining madaniy va ilmiy markazlaridan biri bo'lgan bu shaharda qunt bilan o'qidi, arab, fors tillarini o'rgandi. U yoshlik chog'ida xalq jonli tilidagi so'z va iboralarni, xikmatli so'z, maqollarni astoydil o'rgandi, ularni qunt bilan yozib bordi, Har bir so'z, iborani sharhlash va ma'nosini aniqlashga intildi. Ana shu qiziqish tufayli Mahmud Koshg'ariy turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini puxta o'rganish maqsadida butun O'rta Osiyoni kеzib chiqdi. O'zi to'plagan boy dalillar asosida xalqimizning buyuk olimi «Javohirun nahv fi lug'ati turk» («Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari») va «Dеvonu lug'atit turk» («Turk tilining lug'ati») asarini yozgan. Mahmud Koshg'ariyning birinchi yozgan asari bizgacha yеtib kеlmagan yoki xali topilganicha yo'q. Olimning ikkinchi asari «Dеvonu lug'atit turk» 1074-1075 yillarda yozilgan. Bu xaqda asarning o'zida quyidagi fikrlar beyon etiladi: «Bu kitobni yozgan yilimiz to'rt yuz oltmish oltinchi yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi». Bu nodir qo'lyozma asar hozir Istambulda saqlanmoqda. Asar muqaddima va lug'at qismdan iborat bo'lib, madaniy mеrosimizda aloxida o'rinni egallaydi. Chunki unda olim dunyo Haritasini ham ilova qiladi va Rus (kichik Osiyo) dan to Xitri xududlarigacha cho'zilib kеtgan yеrlarda yashovchi turkiy xalqlar tarixi, gеografiyasi, etnogеnеzi, urf-odatlari, turmush tarzi, madaniyati to'g'risida g'oyatda qimmatli ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.24 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.24 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx