Mamlakatimizda odamlarning Paleolit davri manzilgohlari

Mamlakatimizda odamlarning Paleolit davri manzilgohlari

O'quvchilarga / Tarix
Mamlakatimizda odamlarning Paleolit davri manzilgohlari - rasmi

Material tavsifi

Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko'ra, tabiiygeografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog'ingarchilik kam bo'lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to'g'ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o'zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni muzlik qoplab iqlim keskin soviydi, tez-tez yog'ingarchilik bo'ladigan bo'lib qoladi. O'lkamizda cho'l va voha landshaftlari shakllanib, o'simliklar va hayvonlar dunyosi o'zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham aqliy jihatdan takomillashadi. O'zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg'ona vodiysining So'x tumanidagi Selung'ur g'oridan va viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko'lbuloq makonidan topilgan va o'rganilgan. Selungur g'ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab arxeolog olim O'.Islomov tomonidan o'rganilgan. Tadqiqotlar Selungur manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida yashaganligini ko'rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning suyak qoldiqlari, ularning toshdan yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan ayiq, qoplon, karkidon, sirtlon, ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar Selungur g'orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan, degan xulosaga keldilar1. Selungur tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo'lgan mintaqalardan biri ekanligini isbotlab berdi. Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri viloyati Chotqol tog'ining janubiy-sharqiy yonbag'ridagi Jarsoyning qirg'og'idagi Ko'lbuloq makonidir. 1963-1970 yillarda arxeolog M.R.Qosimov rahbarligidagi guruh Ko'lbuloq makonida 10 dan ortiq qatlamni o'rgandi. 730- 830 sm. chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichiga to'g'ri keladi. Bu qatlamlardan yirik, dag'al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari topiladi. Ko'lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o'rganilgan boshqa madaniy qatlamlar bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 353 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 353 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga