Mang'itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi 1753-1920

Mang'itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi 1753-1920

O'quvchilarga / Tarix
Mang'itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi 1753-1920 - rasmi

Material tavsifi

Mang'itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi 1753-1920 yy Ashtarxoniylar hukmronligining so'nggi davriga kelib, mamlakatdagi siyosiy vaziyat keskinlashdi, markaziy hokimiyat zaiflashishi bilan birga qabilalar o'rtasidagi o'zaro nizolar ham avj oldi. Bu holat Ubaydullaxon (1702-1711 yy), ayniqsa Abulfayzxon hukmronligi yillarida yaqqol namoyon bo'ldi. Mahalliy hokimlardan ayrimlari, xususan Samarqand hokimi Rajab sulton, Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy kenagas, Karmana hokimi Abdulkarim bahrinlar markaziy hokimiyatni o'z ta'siriga olish va uni ag'darib tashlash maqsadida bir necha yillar davomida harbiy harakatlarni avj oldirib, Abulfayzxonga qarshi kurash olib bordilar. Buxoro xonligidagi ichki siyosiy parokandalikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh Buxoroga harbiy yurish uyushtirdi. Uning buyrug'i bilan o'g'li Rizoqulixon 12 ming qo'shin ko'magida Qarshiga hujum boshladi. Qarshi va Samarqand qo'shinlarining birgalikdagi qattiq qarshiligidan so'ng 1736-1737 yillarda bo'lib o'tgan eronliklarning yurishi qaytarildi. Ikkinchi yurishga o'zi boshchilik qilgan Nodirshoh 1740 yilda Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy mang'it bilan ittifoq tuzishga erishadi. Hakimbiy vositachiligida Abulfayzxon bilan aloqa o'rnatishga erishgan Nodirshohni Buxoro hukmdorlari hurmat bilan kutib olishga majbur bo'ladilar. Muzoqaralar chog'ida Hakimbiyga katta imtiyozlar va huquqlar berilib, Abulfayzxon amalda vassal xonga aylanib qoldi. Ayni vaqtda Muhammad Hakimbiy mang'itning boshqaruvdagi mavqei va ta'siri ortib bordi, o'g'li Rahimbiy esa Nodirshoh xizmatiga o'tgan edi. 1743 yilda Muhammad Hakimbiy vafot etib uning taziyasiga Nodirshoh ruxsati bilan o'g'li Rahimbiy keladi. Marosimlar tugagach yana Eronga qaytadi. Biroq, 1745 yilda Buxoro xonligida Abulfayzxonga qarshi qo'zg'olonlar avjiga chiqqach, Nodirshoh ularni bostirish maqsadida Muhammad Rahimbiyni yuboradi. U qo'zg'olonlarni bostirgach, Abulfayzxon tomonidan Amir - ul umaro lavozimiga ko'tariladi. Rahimbiyning xonlikdagi nufuzi ortib bordi. 1747 yil yozida Nodirshoh Mashhad yaqinida jiyani Aliqulixon tomonidan o'ldirildi. Bu vaziyatdan foydalangan Muhammad ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.26 KB
Ko'rishlar soni 291 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.26 KB
Ko'rishlar soni 291 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga