O'zbekiston TARIXI FANI PREDMETI, NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI Markaziy osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi. Reja: 1.O'zbekiston tarixining fan sifatidagi o'rni. Uning predmet,o'rganish obyekti va nazariy-metodologik asoslari va usullari. 2. Sivilizatsiya tushunchasi. Vatan tarixining davrlashtirilishi, manbalari va o'qitishning ahamiyati. 3. Ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davrlari Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa tuzumi davri yodgorliklari. 4. Avesto - Markaziy Osiyo tarixiga oid muhim manba. Tarix fani turli dunyo xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo'lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o'zgarib, hozirgiday bo'lib qolganligini o'rgansa, O'zbekiston tarixi esa uning ajralmas qismi bo'lib, shu tarixiy-madaniy jarayonlarga mos holda Ona zaminimizda o'tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi davomida sodir bo'lgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni to'laligicha o'rganadigan fandir. YUrtboshimizning shu haqdagi fikrlari katta ahamiyatga egadir: «Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuqarolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo'qotmagan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me'morchilik va shaharsozlik san'ati yuksak bo'lganidan dalolat beradi». O'zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar davomida to'planib kelgan o'zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas bog'langan bilimlar tizimi sifatidagi o'zining o'rganish obyekti va predmetiga ega bo'lgan mustaqil fandir. O'zbekiston tarixi fanining dolzarb muammolari, yechimini kutayotgan va aniqlik kiritilishi lozim bo'lgan masalalar talaygina. Xususan, Vatanimiz ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.77 KB
Ko'rishlar soni
1422 marta
Ko'chirishlar soni
521 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.77 KB
Ko'rishlar soni
1422 marta
Ko'chirishlar soni
521 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx