Markaziy Osiyo insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o'choqlaridan biri

Markaziy Osiyo insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o'choqlaridan biri

O'quvchilarga / Tarix
Markaziy Osiyo insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o'choqlaridan biri - rasmi

Material tavsifi

Markaziy оsiyo insоniyat sivilizasiyasining qadimgi o'chоqlaridan biri R е j a: Hududimizda qadimgi sivilizasiyaning uzoq asrlar davomida shakillanishi. Ibtidoiy jamiyatning davrlari va uning manzilgohlari. Dastlabki sivilizasiyaning ma'naviy asoslari: diniy e'tiqotlar va tasviriy san'atning paydo bo'lishi. Tayanch so'z va iboralar: Sivilizatsiya arxeologiya, antropologiya, antropogenez jarayoni poleolit, mezolit, neolit, eneolit, Ashel, mustye, Tyeshiktosh, Zarautsoy, Joytun, Xisor, Kaltaminor, Xorazm, Zamonbobo, Sopollitepa, Neandertal, Kramonüon, Matriarxat, Bronza, birinchi va ikkinchi mehnat taqsimoti. 1. Markaziy Оsiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik beruvchi ko'pgina materiallar topilgan. O'zbekiston Ryespublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham O'zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni Vatanimiz nafaqat Sharq, umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini butun jahon tan olmoqda deb qayd qilgandi1. Sivilizatsiya so'zi - lotincha so'z bo'lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma'nosida jamiyatning o'z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarning, ularni yanada ko'paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir. Insoniyat o'z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizasiyani kechirdi. Sivilizasiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan. Sivilizasiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog'lanmagan sivilizasiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr sivilizasiyasi, Qadimiy Hind sivilizasiyasi, O'rta yer dengizi sivilizasiyasi, Markaziy Оsiyo sivilizasiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida umumjahon sivilizasiyasiga aylandi. Sivilizasiyaning tarixi qonli urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy madaniyat uchun kurash tarixidir. XX asrning 2- yarimiga kelib ilg'or fan, texnika va texnologiya asosida ish ko'rib, o'zlarida demokratik, insonparvar jamiyat va huquqiy davlat qurgan mamlakatlargina haqiqiy sivilizasiya yo'liga chiqmoqdalar. Sivilizasiya inson taraqqiyotining mahsuli va ayni vaqtda uning asosidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.54 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.54 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga