Mezolit va Neolit davri manzilgohlari

Mezolit va Neolit davri manzilgohlari

O'quvchilarga / Tarix
Mezolit va Neolit davri manzilgohlari - rasmi

Material tavsifi

Mezolit va Neolit davri manzilgohlari Ulug' muzlikning erishi, yerning isiy boshlashi, ko'plab daryo va ko'llarning hosil bo'lishi, yaylovlar, to'qay va o'rmonlarning vujudga kelishi, yangi o'simlik va hayvon turlarining shakllanishi natijasida o'lkamizning barcha vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Buni arxeologlar tomonidan topilgan yuzlab odamlar yashagan manzilgohlar ham ko'rsatadi. 1970-1980 yillarda O'.Islomov boshchiligidagi arxeologlar guruhi Farg'ona viloyati So'x yaqinidagi Obishir soyining ungurlarida qidiruv ishlari olib borib, Obishir deb atalgan makonlarda mezolit davri urug' jamoalarining izlarini topdi. Bu guruh 1967 yilda shahriga yaqin bo'lgan Bo'zsuv soyining ikki tarmog'i qo'shilgan joyida mezolit davriga oid manzilgohni topadi, bu yodgorlikning yoshi miloddan avvalgi o'n mingginchi yilliklarga to'g'ri keladi. Bu manzilgoh Qo'shilish nomi bilan ataladi. Bu makondan tosh qurollari, mezolit davri jamoalari qoldiqlari topildi. Surxondaryo viloyatidagi Ko'hitongning Machay soyi qirg'og'idagi g'orda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bu g'orda mezolit davri odamlari uzoq yillar davomida yashaganligidan dalolat beruvchi madaniy qatlam ochildi. Machay manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurollari, o'choq va kul qatlamlari topilgan. Machayliklarning ov hayvonlari asosan tog' arxari va jayronlar bo'lganligi aniqlandi. Machayliklar shoxli va mayda hayvonlarni xonakilashtirishni o'zlashtira boshlaganlari ham ma'lum bo'ladi. Mamlakatimizning boshqa hududlaridan topilgan mezolit davriga oid manzilgohlarda olib borilgan tadqiqotlar odamlarning mayda, tez harakat qiluvchi hayvonlarni ham tuta olganliklarini ko'rsatadi. Mezolit davri qurollari O'q-yoy quroli (kamon va paykonlar). tayoq uchiga o'tkir uchli nayzalar o'rnatilganirg'ituvchi nayza qurollari. O'q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar ko'payib borgan. O'q-yoy quroli odamning yolg'iz o'zi hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.27 KB
Ko'rishlar soni 365 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.27 KB
Ko'rishlar soni 365 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga