40-SONLI UMUM TA'LIM MAKTABI - SINF OQUVCHISI MAVZU: Milliy qadriyatlar maskani Bajardi: Jumaboyev Bunyod Qabul qildi: Rajapova Muborak REJA: 1. Miliy qadriyatlar 2. Mahalla- milliy qadriyatlar maskani. 1. Miliy qadriyatlar Xalqimizning madaniy-ma'naviy boyliklari va milliy qadriyatlarini to'la, oqilona egallash va rivojlantirish hozirgi avlodning vazifasidir. Gap o'tmish madaniy-ma'naviy boyliklariga ega bo'lishdagina emas, balki uni chuqur egallab, yangi yuksak bosqichga ko'tara bilishdadir. Totalitar, ma'muriy buyruqbozlik boshqaruvi yillarida xalqimiz o'tmishiga hadeb tosh otish, uni butkul qoralash sobiq sovet mafkurasiga xos holat edi. Bu ashaddiy madaniyatsizlik va siyosiy kaltabinlik, odob-axloqsizlikdan boshqa narsa emas edi. Buni boshqacha ta'riflab ham, tavsiflab ham bo'lmaydi. Birinchi Yurtboshimiz aytganlaridek, ba'zi bir bo'sh, siyosiy irodadan mahrum bo'lgan, o'z xalqi or-nomusi, qadr-qimmati va g'ururini himoya qilishga jur'at eta bilmagan mahalliy rahbarlar amal pillapoyasidan ko'tarilishga umidvor bo'lib, o'z ajdod-avlodlarining urf-odatlari va ma'naviy qadriyatlarini mensimadilar. Xalqning urf-odatlari, an'analari, madaniyatini obdon oyoq osti qilinishiga yo'l qo'yib berdilar va o'zlari bunga hattoki bosh-qosh ham bo'ldilar. Milliy, madaniy-ma'naviy, axloqiy, tarixiy qadriyatlarga bo'lgan munosabat masalasida ham jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yildi. O'zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona bilag'oni deb atagan kommunistik mafkura targ'ibotchilari o'z faoliyatlarida o'tmishdan qolgan barcha madaniy merosni butunlay inkor etish yo'liga o'tib oldilar. Navoiy, Bobur, Ulug'bek, Yassaviy, Mashrab, Nodirabegim singari ulug' insonlar feodalizm davri namoyondalari, deb e'lon qilinishi oqibatida, ularning meroslarini o'rganish , unga to'la, xolisanillo baho berish imkoniyati cheklandi. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan bo'lgan bunday adolatsiz munosabat O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgunga qadar davom etdi. Erishilgan mustaqillik xalqimiz madaniy-ma'naviy taraqqiyotiga keng yo'l ochib berdi. O'zbekistonda hozir madaniy merosimizga alohida e'tibor bilan qaralmoqda, juda ko'plab ilmiy, badiiy, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
342.37 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
342.37 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx