Turkistonda milliy siyosat va davlat qurilishi masalalari. Reja: Sovet hokimiyatining milliy siyosati. Milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari. O'zbekiston SSRning tashkil etilishi. Adabiyotlar: O'zbekistonning yangi tarixi 2-kitob T.Sharq 200, 161-178, 282-302 betlar. Usmonov Q, Sodiqov M «O'zbekiston tarixi (1917-1991-yy). T.»Sharq 2011, 67-78 betlar. 1-masala: Bolsheviklar partiyasi bosh bo'lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo'ljallangan o'z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko'zlab u XX-asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos bo'lgan bo'lib tashla, hokimlik qil qabilidagi o'z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo'lini tutdi. Sovet mutasaddilari o'zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg'on-yashiq va'dalari va da'vatlari bilan mazlum millat kishilarini o'z hukmlariga bo'ysundirishga, yagona Turkiston uchun kurash g'oyasini yo'qqa chiqarishga intildilar. Turkiston xalqlari o'z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intilardi. 1920-yil yanvarida bo'lib o'tgan Turkiston Kompartiyasining V o'lka konferensiyasida Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi T.Risqulov so'zga chiqib, mushtarak Turkiston g'oyasini ilgari suradi. Asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Respublikasini Turk Sovet Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, deb o'zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o'lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo'mi, uning siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo'ldi. Shu bois Turkiston masalasi bir necha bor Markazda muhokama qilindi. 1920-yil 13-iyunda T.Risqulov, N.Xo'jayevlardan iborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o'z amaliy takliflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V.I.Lenin qabulida bo'ladi. Sovet hukumati rahbariyati va bu masalani 1920-yil 29-iyo'lida ko'rib chiqqan RKP(b) Markazqo'mi Siyosiy byurosi Turkiston xalqlari delegatsiyasi iltimosnomasiga ijobiy baho bera olmadi. Buning aksicha, sovet hukumati va partiya rahbariyati o'lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to'g'risidagi maxsus qarorni ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.66 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.66 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx