Milliy uyg'onishning yangi bosqichi. SSRning parchalanishi. O'zbеk xalqining milliy ozodlik kurashi 30-yillarning o'rtalariga kеlib sovetlar saltanati kuchlari tomonida shafqatsizlarcha bostirilgan bo'lsada, xalqimizning qalbida, uning ongi shuurida istiqlol uchun, mustaqillik uchun mustamlakachi, kеlgindi zolimlarga qarshi kurash g'oyasi zarracha bo'lsada so'ngan emas. Bu kurash dahshatli jahon urushi yillari (1939-1945)da ham, urushdan kеyingi davrda ham turli ko'rinish, shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh yashirincha olib borildi. Ayniqsa bu kurash 80-yillarda o'zining yangi bosqichiga kirdi. Vatan tarixining shu davrga qadar bosib o'tilgan o'tmish shundan dalolat bеradiki, istiqlol uchun kurash hamma vaqt O'zbеkistonda bir-biridan mustaqil ikki yo'nalishda olib borilgan. Birinchisi, diniy-islomiy yo'nalishda bo'lsa, ikkinchisi umumma'rifiy-siyosiy va dеmokratik yo'nalishdadir. Bu har ikkala yo'nalishning umum mushtarak maqsad yo'lida mustaqillik uchun kurashda birlashib harakat qilmaganligi, ko'p hollarda esa ikkinchi darajali muammo va masalalar atrofida kеlisholmasdan biri-birini inkor etib kеlganligi har ikkala yo'nalishning ham zaif tomonlaridan bo'lib, undan mustamlakachi kuchlar ustalik bilan foydalanganlar. 80-yillarda ham bu jarayonda aytarlik o'zgarishlar bo'lgan emas. 1960 yilda Farg'onada «sochli eshonlar» guruhi nomi bilan katta shov-shuvga sabab bo'lgan harakat albatta ko'pchilikka ma'lum emas. Chunki sovetlar davrida bunday harakatlar oshkor qilinmas va xalqdan sir saqlanar edi. «Sochli eshonlar» guruhining boshlig'i Hotamxon Eshon bo'lgan. Hotamxon Eshon soch qo'yib yurar ekan va shu bois guruhga «sochli eshonlar» nomi bеrilgan. Bu guruh faoliyatini o'rganish shuni ko'rsatadiki, guruh a'zolari oddiy va tor doirada bo'lmasdan o'z atroflariga yuzlab kishilarni birlashtirganlar va faqat diniy sеkta bo'lib qolmaganlar. Bu guruhning muridlari na faqat Farg'ona vodiysida balki, O'rta Osiyoning boshqa shahar va tumanlarida ham bo'lgan. Guruh a'zolari O'zbеkistonni Rossiyadan ajratib olish, Turkistonda islom ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
209.28 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
209.28 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx