Mirsaid Bahrom maqbarasi va uning tarixi Maqbara XI asrda hozirgi Karmana shahri hududida bino etilgan. Uning sohibi mashhur savdogar, islomiy ilmlar bilimdoni Mirsaid Bahrom bo'lib, Karmanadan o'tgan Buyuk ipak yo'li orqali Afg'on, Eron, Arab davlatlariga borib, savdo-sotiq bilan shug'ullangan. Orttirgan mol-dunyosidan ko'plab xayr-ehsonlar qilib, katta obro'-e'tiborga sazovor bo'lgan. U fiqh, tarix ilmlarini puxta bilgan. Umrining oxirlarida tasavvuf yo'liga o'tib, sohibi karomat darajasiga yetgan. Maqbara Karmana shahrining markazida, Qosim Shayx maqbarasi yonida joylashgan. U shu tarixiy kompleks maqbara va uncha katta bo'lmagan masjidni o'z ichiga oladi. Maqbara 1200-yilda qurilgan. Maqbara 1976- yilda oxirgi marta qayta qurilgan. Tarixchilarning ta'kidlashicha Mir Said Bahrom haqida juda kam ma'lumotlar saqlangan ekan. U Somoniylar sulolasining ekanligi haqida aniq faktlar mavjud. 874-yilda Buhoroda qo'zg'alon boshlanadi va butun Movarounnahr bo'ylab tarqaladi va tabiiyki bu qo'zg'alon Karmanaga ham yetib boradi. Abu Tohirxo'ja Samarqandiyning «Samariya» asarida Mir Said Bahrom haqida bir nechta ma'lumotlar aytib o'tilgan. U o'zining aqli, bilimi va mo'jiza yarata olish qobiliyati bilan xalq orasida hurmatga sazovor bo'ladi. Mir Said Bahrom maqbarasi noyob qurilmadir. Ushbu maqbara O'zbekiston hududidagi eng kichik maqbara hisoblanadi. Ko'pchilik bu maqbaraning ayrim qismlarini Buhoro shahrida joylashgan Somoniylar maqbarasiga o'xshatishadi. Maqbara binosi kvadrat shaklidadir va u uncha katta bo'lmagan gumbazdan tashkil topgan. Kirish qismida juda chiroyli arka mavjud bo'lib unda ko'fiy xat turidagi yozuv yozilgan. Butun devor geometrik qoplamadan iborat. Binoning ichki qismida marmar toshli qabr toshi mavjud. Qabr ustiga esa qimmatbaho gazlama to'shalgan. Binoning ichki devorlari gumbazni ko'tarib turuvchi sakkiz qirrali arkalardan iborat. Arkalarda yog'ochdan o'yib ishlangan nAQSHlar saqlanib qolgan. Maqbara masjid bilan o'zaro ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
140.31 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
140.31 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx