Mirzo Ulug'bekning Tarixi arba'i ulus asari

Mirzo Ulug'bekning Tarixi arba'i ulus asari

O'quvchilarga / Tarix
Mirzo Ulug'bekning Tarixi arba'i ulus asari - rasmi

Material tavsifi

Mirzo Ulug'bekning «Tarixi arba'i ulus» asari. «Tarixi arba' ulus» Mirzo Ulug'bekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida 1425 yilda yozib tamomlangan. Unda XII-XIV asrlarda Mo'g'ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar (Mo'g'uliston, Koshg'ar, Yettisuv o'lkasi, Movarounnahr, Dashti Qipchok va h.k.)ning ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. «Tarixi arba' ulus» yoki «Ulusi arba'yi Chingiziy» («Chingiziylarning to'rt ulusi tarixi»)ning o'zbekcha nashri 1994 yili Toshkentda amalga oshirilgan (tarjimonlar: B.Ahmedov, N.Norqulov va Hasanov M.). «Tarixi arba' ulus» muqaddima va to'rt qismdan iboratdir. Muqaddima o'rta asrlarda tarixshunoslar o'rtasida hukm surgan an'anaga ko'ra, islomiyatdan avval o'tgan payg'ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, tukr-mo'g'ul qabilalari hamda Chingizxon (1206-1227) tarixi bayon etilgan. Asarning birinchi qismi Ulug' uyrt, ya'ni Mo'g'iliston va Shimoliy Xitoy tarixi, Ugadaxon (1227-1241) davridan to Ariq bug'a (1328)ning avlodi, O'rdoyxon zamonigacha yuz bergan voqealarni o'z ichiga oladi. Asarning ikkinchi qismida Jo'ji ulusi, ya'ni Oltin O'rda tarixi, Jo'jixon (1227 yili vafot etgan) davridan to Muhammadxon (1419-1420, ikkinchi bor 1427-1433)ning zamonigacha kechgan voqealar bayon etiladi. Uchinchi qism Elxoniylar, ya'ni Eron hamda Ozarbayjonning XII-XIV asrlardagi tarixini o'z ichiga olgan. To'rtinchi qismda Chig'atoy ulusi (Koshg'ar, Yettisuv, Movarounnahr, Shimoliy Afg'oniston)ning XII-XIV asrdagi tarixi bayon etilgan. Muallif Chig'atoy ulusida hukmronlik qilgan har bir xon haqida alohida, qisqacha to'xtalib, ularning davrida sodir bo'lgan voqealardan eng muhimlarini tilga oladi. Asarning ayrim qismlari, xususan uning so'nggi, to'rtinchi qismi, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Muqaddimayi zafarnoma»siga ko'p jihatlari bilan o'xshab ketadi. Lekin «Tarixi arba' ulus» birmuncha to'laroq. Bundan tashqari, unda to'rt ulus o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, eng muhimi, «o'zbek» etnonimining kelib chiqish vaqti haqida qimmatli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.12 KB
Ko'rishlar soni 337 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.12 KB
Ko'rishlar soni 337 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga