Mo'g'ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat, Chig'atoy ulusi davri

Mo'g'ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat, Chig'atoy ulusi davri

O'quvchilarga / Tarix
Mo'g'ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat, Chig'atoy ulusi davri - rasmi

Material tavsifi

Mo'g'ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. Chig'atoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo'jalik ahvoli Mo'g'ullar istilosidan so'ng Movarounnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila haloqatga uchradi. Sharqda dong'i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo'jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta'minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta'minlaydigan yagona to'g'onlarning hammasi Chingizxon buyrug'iga ko'ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko'pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me'morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug'orma dehqonchilikni shu o'lkaga kelib ko'rdilar. Bosqindan so'ng sharqqa dong'i ketgan zargarlik, qurol-aslaha yasash, nafis matolar to'qish, nAQSHinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega bo'lgan mashhur ipak savdo yo'llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo'ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o'z o'g'illariga mulklarini ulus qilib bo'lib berishni boshlagan edi. 1207-yildayoq katta o'g'il ilkiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo'lgan yerlar mulk etib berilgan edi. Chingizxon o'limi arafasida (1227-yil avgust) esa boshqa o'g'illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo'lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo'lgan yerlar Jo'chiga, Oltoy tog'larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo'lgan yerlar ikkinchi o'g'il Chig'atoyga, Xitoy va Mo'g'uliston voris bo'lmish uchinchi o'g'il O'gedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.19 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.19 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga