Moniylik dini Vatanimiz hududlarida zardushtiylik bilan bir qatorda Moniylik dini ham milodimizning II asri o'rtalaridan boshlab kеng tarqala boshlagan dinlardan biridir. Moniylikning asoschisi Moniy ibn Fatak -(216-276) dir. U 216 yilda Taysafun (Ktеsifon) yaqinida tavallud topgan. Shu bilan birga Moniy 230 yillarda Eron, O'rta Osiyo, Hindiston bo'ylab safar qilib zardushtiylik buddiylik braxma dinlari bilan va turli diniy ta'limotlar bilan tanishadi. 240 yillardan boshlab Moniy o'zining mustaqil ta'limotini targ'ib qila boshlaydi. O'z ichiga zardushtiylik buddiylik braxmanlik xristiailik dinlarining ba'zi tomonlarini olgan bu talimot boshqa maamlakatlarda ham qiziqish uyg'ota boshlaydi. Jumladan, sosoniylar sulolasidan bo'lgan Eron shohi Shopur I bu ta'limotni quvvatlab, Moniyni Eronga taklif etadi. Moiniy 242 yilda Shopur I ning taxtga o'tirib toj kiyish marosimi paytida birinchi marta o'z ta'limotini bayon etib va'z o'qiydi. Shopur I ushbu Moniylik ta'limotini xristianlik va mahalliy dinlarga qarshi qo'ymoqchi bo'ladi. Biroq zardusht kohinlari bu diniy ta'limotga shubha bilan qarab unga kеskin qarshi chiqadilar. Zardusht kaxinlarmning kuchayishi tufayli Moniy muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Erondan qochishga majbur bo'ladi. Shundan so'ng Moniy O'rta Osiyo yerlarida, shu jumladan O'zbеkistan hududida faoliyat ko'rsatadi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Uning ta'limotida borlikning 2 substantsiya asosi - yorug'lik yaxshiliq ruh olami bilan zulmat, yovuzlik matyeriya olamining o'zaro kurashini e'tirof etuvchi Zardushtiylik dualizmi yotadi. Birinchi olamda xudo, ikkinchisida shayton, iblis hukm suradi. Ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya halokatga uchraydi, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy ta'limotiga ko'ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson ikki unsurdan (ruh- nur farzandi, jism - zulmat farzandi) iborat bo'lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Shuni'ng ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.72 KB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.72 KB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx