Muhammad Zahiriddin Boburning Boburnoma asari

Muhammad Zahiriddin Boburning Boburnoma asari

O'quvchilarga / Tarix
Muhammad Zahiriddin Boburning Boburnoma asari - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asari Zahiriddin Muhammad Bobur ulug' bobokaloni Amir Temur dahosidan qonuniy ravishda hamisha iftixor qilar edi. Hazrati Bobur o'z esdaliklarida Amir Temur nomini doimo zo'r ehtirom, ixlos bilan tilga oladi. «Bobrunoma»ning ilk sahifalaridayok u o'z nasl-nasabi Temurning oliy shajaraisiga borib taqalishini mamnuniyat va g'urur bilan qayd etadi. Amir Temur 1399 yilda Hindistonni qo'lga kiritadi. «Temur tuzuklari»da bu ulug' mamlakat sari yurishning tarixi, unga qay tariqa uzoq va puxta rejalar tuzilgani-yu ularning qanday qilib amalga oshirilgani haqida batafsil ma'lumotlarni uchratish mumkin. Mazkur voqealardan so'ng oradan qariyib bir yarim asr vaqt o'tgach, temuriy tojdorlardan biri-Bobur Mirzo Hindiston sari yuz tutmoqqa qaror qiladi. Ulug' ajdodi singari u ham yaqin beklarini to'plab mashvarat qiladi. «Boburnoma»ning 1507-1508 yil voqealari tavsifida quyidagilarni o'qiymiz: «Men va ba'zi ichki beklar Hindiston tarafi bormoqni tarjih qilduk…» Agar Amir Temur Hindistonni zabt etishdan davlatga davlat, shuhratiga shuhrat ko'shishni, o'z mavkei va nufuzini yanada uyksaltirishni ko'zda tutgan bo'lsa, Bobur Mirzoning niyatlari bo'lakcha - «o'ziga bir yer fikrini kilg'ulik», ya'ni muhim bir viloyatni ko'lga kiritshdan iborat edi. Buuyk me'mor, buuyk bog'bon, buuyk ijodkor sifatida voyaga etgan Bobur Mirzo go'dak chog'idanok sohibkiron Amir Temur joriy etgan, undan meros bo'lib kolgan go'zal bunyodkorlik muhitida tarbiya ko'rgan edi. Ehtimol, shu sababdan bo'lsa kerak, «Boburnoma»da muallif ulug' ajdodining yaratuvchilik ishlarini, uning amru farmoni va g'oyalari bilan barpo qilingan muazzam inshootlarni, bog'u bog'otlarni zavk-shavkka to'lib tasvirlaydi. Bu haroratli tasvirlar bugun ham dilbir g'azalning baytlari yanglig' tassurot koldiradi. Bobur Mirzoning mazkur yodnomalari bo'lmaganida, sohibqironning tarixiy siymosi tugal bo'lmay qolishi shubhasiz edi. «Boburnoma» - bebaho asar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.33 KB
Ko'rishlar soni 392 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.33 KB
Ko'rishlar soni 392 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga