Mustamlakachilik va qaramlik sharoitida ma'naviyat. Ma'naviy barkamol inson tushunchasi, uning sharqona ta'rifi Reja: 1. Xalqni milliy ma'naviy - ma'rifiy zaminlardan mahrum qilish mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadidir. 2. Qaramlik sharoitida o'zbek xalqining ona tili, e'tiqodi, milliy me'rosi, g'ururi, qadriyatlaridan mahrum etilishi . 3. Islom Karimov ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash zamon talabi ekanligi to'g'risida. 4. Ma'naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati. 5. Komil inson va uning sharqona fazilatlari. Xalqni milliy ma'naviy-ma'rifiy zaminlardan mahrum qilish mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadidir. Tarixdan ma'lumki, bir xalqni o'ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni o'zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma'naviy taraqqiyotini bo'g'ib qo'yish istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o'tgan an'anaviy yo'llaridan biri bo'lib hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat qildirilgan xalqlarni bora-bora o'ziga singdirib yuborishni, buning uchun o'z mafkurasi va g'oyalarini ularga majburan joriy etish, madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va milliy qadriyatlari rivojiga yo'l bermaslikni o'z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o'z imperatoriga shunday maslahat bergan ekan: Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo'lsangiz, dastavval o'sha yerda yashayotgan xalqni o'z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma'naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o'raladi, sizga qarshilik ko'rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo'lmaydi. Madaniyat va ma'naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo'l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur va nozik yo'llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.7 KB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.7 KB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: doc