Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati Rossiya imperiyasining Turkistonda joriy etgan ma'muriy-boshqaruv tizimi xalqning boshiga solingan siyosiy sirtmoq bo'ldi. Bosqinchilar, awalo, Turkiston boyliklarini talon-taroj qildi, so'ngra o'lkani xorriashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o'z manfaatlari yo'lida jilovlab oldi. Og'ir soliqlar, g'ayriqonuniy majburiyatlar aholini tobora qashshoqlashtirib yubordi. Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoqosti qilardi, ma'naviy zug'um kuchayib borardi. Rossiya Turkistonni o'z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi xalq noroziligi, nafrati oshib, qo'zg'olon ko'tarishiga sabab bo'ldi. Qo'zg'olonning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambagallar bo'ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g'ururini yo'qotma-gan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. 1879- yilda 600 ga yaqin g'alayonchi Farg'ona viloyat boshqar-masi binosini qurshab olib, harbiy gubernatordan Marg'ilon tuma-nidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. G'alayonchilar avzoidan cho'chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori bo'lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o'rganib chiqishga va'da beradi va g'ayriqonuniy soliq yig'uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlash-tirishga majbur bo'ladi. 1880-1883- yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo'lib o'tdi. Xo'jand, O'ratepa, Namangan, O'sh va Chustda ko'tarilgan qo'zg'olonlarbunga misol bo'la oladi. Manbalarda 1885-1892- yillarda Farg'ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari yuz berib, harakatlari ko'tarilgani qayd etilgan. Farg'onadagi vaziyatdan cho'chigan viloyat harbiy-gubernatori Vrevskiy aholidan ko'z-quloq bo'lib turish uchun Markaziy huku-matga maxfiy siyosiy politsiya xizmati tashkil etish taklifmi ilgari surdi. U Farg'ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg'oqchilar tarmog'ini vujudga keltirish uchun o'z ixtiyoridagi mablag'dan foydalandi. O'lkaning oliy harbiy-siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to'lqinini pasaytirish uchun ta'sirchan vosita izlay boshladi. Qurolli kuchlar va politsiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.24 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.24 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: doc