Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot, Milliy istiqlol g'oyasi

Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot, Milliy istiqlol g'oyasi

O'quvchilarga / Tarix
Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot, Milliy istiqlol g'oyasi - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot. Milliy istiqlol g'oyasi va mafkuraviy masalalar O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma'naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko'lamda faoliyat olib borilmoqda. Respublika Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlab o'tganidek, ma'naviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni o'lchab ham, poyoniga yetkazib ham bo'lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir. Bozor munosabatlari sharoitida ma'naviyat va ma'rifat ishlariga g'oyat katta e'tibor berilishi mustaqil O'zbekistonda yangi jamiyat qurishning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shu borada Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma'naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 200-yilning 2-iyunidagi Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo'ldi. Yurtboshimizning ma'naviyatga bosh homiy bo'layotgani, viloyat hokimlarining ma'naviy va ma'rifiy Kengashlariga shaxsan o'zlari raislik qilayotganlari mamlakatimizda ma'naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e'tibor berilganlikni ko'rsatadi. Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi Prezident farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish, Aholini siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan hujjatlar qabul qilib, 39 ta kichik ishchi guruhlarni tuzdi. Qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini kuchaytirish yuzasidan kengashning joylardagi bo'limlari muayyan ishlarni amalga oshirmoqdalar. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o'rganish ham katta o'rin egallaydi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.6 KB
Ko'rishlar soni 522 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.6 KB
Ko'rishlar soni 522 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga