Muzeylarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati. REJA. 1. Muzey tadqiqot markazi sifatida. 2. Tadqiqotchilik faoliyati asoslari. 3. Tarixiy muzeydagi muzeyshunoslik tadqiqoti. Muzeylarning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri ilmiy tadqiqot ishidir. Juda ko'p ilmiy tadqiqot institutlaridan farqli o'laroq ravishda muzeylarning ilmiy tadqiqot ishlari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uning o'ziga xosligi asosan shundaki, muzeyda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar juda keng tarmoqli bo'lib, o'z navbatida uning natijalari ko'p tarmoqlarga ta'sir etadi. Bu ilmiy tadqiqotlar biror-bir tarixiy manbani o'rganish maqsadida, shuningdek, tarixiy manbalarni yoki bir turdagi muzey predmetlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, saqlash, qo'riqlash, xizmat ko'rsatish maqsadida ham bo'lishi mumkin. Tadqiqot ishlarida sohaga ko'ra deyarli barcha fanlar, jumladan pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining ham uslublari qo'llaniladi. Muzey predmetini o'rganishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida shu predmet ta'aluqli bo'lgan fanlar uslublaridan foydalanilsa, shu predmetni muzeyshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etganda yoki umuman muzeyshunoslik tadqiqotida zarur bo'lgan tabiiy fanlardan tashqari yuqorida ta'kidlaganimizdek, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining uslublaridan foydalaniladi. Muzeylarning tadqiqotchilik faoliyatiga e'tibor kundan-kunga oshib bormoqda. 1968 yil Irji Neustupniy o'zining Muzeyi issledovanie asarida muzeylarni o'ziga xos ilmiy tadqiqot instituti deb baholagan edi. IKOM (xalqaro Muzeylar Kengashi) - YUNESKO qoshidagi muzeylar faoliyatini koordinatsiyalashtirish bo'yicha xalqaro markaz o'zining 1978 yilgi kengashida muzeylarning tadqiqotchilik faoliyatini o'rganib, bundan buyon shu jarayonni doimiy qo'llab-quvvatlab, nazorat qilib borishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib quygan edi. 2. Muzeyning tadqiqotchilik faoliyati asosi bo'lib, agar bu faoliyat muzey predmetini manbaviy nuqtai nazardan o'rganishga yo'naltirilgan bo'lsa, muzey fondlarida saqlanayotgan moddiy, tasviriy va yozma muzey predmetlari xizmat qiladi. Muzeyda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini shu nuqtai nazardan uch guruhga bo'lish mumkin: muzey predmetlarini umumtarixiy nuqtai ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.52 KB
Ko'rishlar soni
396 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.52 KB
Ko'rishlar soni
396 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: doc