Najmiddin Kubro va Kubroviya Tariqati

Najmiddin Kubro va Kubroviya Tariqati

O'quvchilarga / Tarix
Najmiddin Kubro va Kubroviya Tariqati - rasmi

Material tavsifi

Najmiddin Kubro Va Kubroviya Tariqati (1145-1221) O'rta Osiyoda tasavvur falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk alloma, sarkarda, dinshunos olim, falsafa ilmining zukkosi, shoir Axmad ibn Umar Abdul Janob Najmiddin Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy o'ziga xos munosib o'rinni egallaydi. Yozma manbalarning guvohlik bеrishicha, alloma Xorazm, Bog'dod, Iskandariya va Tabrizda o'z davrining mashxur allomalaridan saboqlar olgan va tasavvuf falsafasi ilmining yеtuk ustozlaridan bo'lib kamol toptan. Taniqli faylasuf olim Erkin Yusupov: «Buyuk vatandoshimizning nomidagi «Najmiddin», «Kubro» so'zlari uning yеtuk istе'dodini hisobga olib bеrilgan ilmiy darajalardir. «Najmiddin» so'zi - dinning yulduzi, «Kubro» esa ulug' dеgan ma'noni anglatib, o'nta turli mamlakatlarda bеrilgan ilmiy darajalarni ifodalaydi», - dеydi. Najmiddin Kubro ta'limoti asosida shakllangan kubroviya tariqati Sharq va G'arbdagi juda ko'plab mamlakatlarga tarqalgan. Erkin Yusupovning xulosasiga qaraganda, buning natijasida Firdavsiya tariqati, Nuriya tariqati, Rukniya tariqati, Hamadoniya tariqati, Nurbaxshiya tariqati, Nеmatulloiya tariqati singari yo'nalishlar yuzaga kеlgan. Tarixiy manbalarning guvohlik bеrishicha, Najmiddin Kubro qalamiga mansub asarlar soni o'ntaga yaqin. U asos solgan kubroviya tariqati «oltin tariqat» dеb ham atalgan. Najmiddin Kubroning o'zi «Risolatut - turuk» asarida uni «Tariqush shutto» (ishq ahli bеboshliklarining yuli) dеb ham ataganligi ma'lum. Bu risolada «kubroviya» tariqatining o'nta usuli qisqacha zikr etilgan: 1. Tavba - sodir bo'lgan xatolar, gunohlardan pushaymon bo'lib, xudoga yuz tutmoq. 2. Zuxd-taqvo - parhеzgarlik, Alloxdan qo'rqib, man etilgan ishlardan o'zini saqlash. 3. Xudoga tovakkul qilish - o'z ishlarini butunlay xudoga topshirish. 4. Qanoat - ozga rozi bo'lib, ko'pdan voz kеchish, tamagirlikning zidi. 5. Uzlat - boshqalardan ajralib yakka o'tirmoq. 6. Doimiy zikr - ham til, ham yurak bilan xudoni yod etmoq. 7. Butun vujud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.69 KB
Ko'rishlar soni 399 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.69 KB
Ko'rishlar soni 399 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga