Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri Abubakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn SHarik an Narshaxiy (899-959) X asrda yashab o'tgan buxorolik yirik tarixshunos olim. Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog'idan chiqqan. Narshaxiy «Tarixi Buxoro» deb shuhrat topgan qimmatli bir asar yozib qoldirgan. Mazkur asar aslida arab tilida yozilgan, lekin arabcha matni saqlanmagan. Bizgacha uning qisqartirilgan forsiycha tarjimasi etib kelgan, xolos. «Tarixi bahoro»da Zarafshon vohasining quyi oqimida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik holati, mahalliy aholining VII-X asrlardagi turish-turmushi, Buxoroning diqqatga sazovor joylari, O'rta Osiyoning arablar tarafidan istilo etilishi, mamlakatning Somoniylar hukmronligi (819-1005 yy.) yillaridagi siyosiy tarixi voqealarigina qisqa tarzda bayon etilgan. «Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. Bizgacha etib kelgan «Buxoro tarixi» so'z boshisida yozilishicha, kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o'z do'stlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va mazmunini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar bayonini o'zidan qo'shgan. Asar 1966 yili o'zbek tilida Sodiq Mirzaev Tarjimasida Toshkentda nashr etildi. Eng so'nggi o'zbek tilidagi nashri 1991 yilda Bo'riboy Ahmedov tahririda chop etilgan bo'lib, tarixiy voqealarning xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko'taradi. ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.87 KB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.87 KB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: docx