O'rta asrlarda O'rta Osiyo hududidagi markazlashgan davlatlar

O'rta asrlarda O'rta Osiyo hududidagi markazlashgan davlatlar

O'quvchilarga / Tarix
O'rta asrlarda O'rta Osiyo hududidagi markazlashgan davlatlar - rasmi

Material tavsifi

O'RTA asrlarda o'rta osiyo hududidagi markazlashgan Davlatlar. ijtimoiy-siyosiy va iQtisodiy hayot. Movarounnahr va Xurosonda arab bosqinchilariga qarshi tinmay davom etgan xalq harakatlari xalifalikning qudratiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning siyosiy, ma'naviy va iqtisodiy poydevorini ma'lum darajada zaiflashtirdi. O'z navbatida mahalliy feodal zodagonlarning xalifalikni idora etishda keng ishtirok etishi uchun zamin tug'ildi. Ma'lumki, xalifalar bu qo'zg'olonlarni bostirish davomida bir necha bor mahalliy zodagonlardan yordam so'raganlar. Ko'rsatilgan yordam evaziga ularni ma'lum viloyat va ulkalarning noiblari qilib tayinlaganlar. Tez orada mahalliy zodagonlar faqatgina Movarounnahr va Xurosonda emas, balki xalifalik markazida ham yuqori lavozimlarni egallashga muvaffaq bo'ldilar. Davlatni idora etishda yuqori pog'onaga erishgan mahalliy zodagonlar sulolasidan biri barmakiylar bo'lgan. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809 yillar) barmakiylar qudratini oshib borayotganidan qo'rqib, bu sulolaning xammasini o'ldirib yuborgan. Xorun ar-Rashid o'limidan keyin taxt uchun bo'lgan kurashda yana bir mahalliy zodagonlar sulolasi tarix sahifasiga kirib keldi. Bu - Tohiriylar sulolasidir. Sulola asoschisi Toxir ibn Husayn Xurosonning eng yirik yer egalaridan bo'lib u Horun ar-Rashidning o'g'li Ma'munni taxtga o'tirishiga yordam bergan. Ma'mun (813 - 833 y.) xalifa bo'lib olgach, Toxir ibn Husayn tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylandi. U bir necha vaqt xalifa qo'shinining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni Xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir Xuroson noibligini poytaxti qilib Nishopur shaxrini tanladi. Xurosonga qaytgach u o'ziga qarashli noiblikni mustaqil davlatga aylantirish rejalarini tuza boshladi. Bir yil o'tmasdanoq Tohir ibn Husayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni may qildi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi. U to'satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.68 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.68 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga