O'rta asrlarda ta'lim tizimi, me'morchilik va san'at

O'rta asrlarda ta'lim tizimi, me'morchilik va san'at

O'quvchilarga / Tarix
O'rta asrlarda ta'lim tizimi, me'morchilik va san'at - rasmi

Material tavsifi

O'rta asrlarda ta'lim tizimi, me'morchilik va san'at. O'rta asrlar Yevropamadaniyatining eng yirik yutug'i o'rta va oliy ta'lim tizimining yaratilishi hamda universitetlarning paydo bo'lishidir. Bu davrda feodal jamiyatning dehqonchilik mehnatidan ozod bo'lgan qismi boshqa faoliyat turlari - san'at, adabiyot, harbiy xizmat, ta'lim bilan shug'ullana boshladi. Ta'limning u yoki bu turi qadimgi sivilizatsiyada ham mavjud bo'lgan. Bu tizim ayrim hududlarda hatto bugungi oliy ta'lim muassasalarining ilk ko'rinishlari holida bo'lgan. Masalan, qadimgi YUnonistonda Pifagor, Aristotel maktablari uzoq vaqt, Platon akademiyasi esa ulardan ham ko'proq faoliyat ko'rsatgan. Ammo, o'rta asr yevropasida aholining mutlaq ko'pchiligi savodsiz edi. Savodli kishilar nafaqat dehqonlar, balki feodallar orasida ham oz sonli edi. Ritsarlarning ko'pchiligi imzo chekish o'rniga belgi qo'yganlar. G'arbiy yevropada uzoq vaqtgacha ruhoniylargina savodxon bo'lib keldi: ular diniy kitoblarni o'qishlari, ibodat duolarini bilishlari, xudoning qudratini dindorlarga chiroyli qilib tasvirlab, kishilarni ishontirishlari lozim edi. CHerkov va monastirlar huzurida tashkil etilgan quyi maktablar o'z oldiga savodxon dindorlarni tayyorlashni maqsad qilib qo'ygan, bu maktablarda asosan lotin tilini, ibodat va duolar o'qish tartiblarini o'rganishga e'tibor berilar edi. IX asrda cherkov-episkoplik maktablari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o'rta asr universitetlari vujudga keladi. Diniy maktablarda sakkiz yoshli bolalar ham, o'smir yigitlar ham yoshiga qarab, sinflarga bo'linmasdan, barobar o'qitilgan. CHerkov qoshida ichki va tashqi maktablar faoliyat ko'rsatgan. Ichki maktablarda tug'ilganidanoq monaxlikka mahkum qilingan bolalar yashab, ta'lim olganlar. SHuningdek, bu davrdagi maktablarda ilohiyot bilan shug'ullanadigan yoki oddiy hayotga qaytadigan badavlat kishilarning farzandlari ham o'qiganlar. Ikkala maktab ham deyarli bitta maqsadga - lotin tilini o'rganishga yo'naltirilgan edi. SHunga qaramasdan, VII-IX asrlardagi savodxonlik holati to'g'risida Buyuk Karl qalamiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.19 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.19 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga