O'rta Osiyo davlatlari Reja: 1. O'rta Osiyo davlatlari. 2. O'zbekiston Respublikasi. 3. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi. 4. Mavzuning qisqacha mazmuni. 5. Savol va topshiriqlar. 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanib ketgach, sobiq O'rta Osiyo Respublikalari o'rnida beshta mustaqil davlat paydo bo'ldi - Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston. Ular bari jahon hamjami-yati tomonidan tan olindi va 1992-yilda BMT safiga qabul qilindi. Sovet hokimiyati davrida (1917-1991) ushbu Respublikalar hududida Osiyodagi boshqa mamlakat-lardagidan farq qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar yuz berdi. Bu yerda ishlab chiqarish vositalari xususiy mulkchiligi tugatildi va amalda butun iqtisod hamda savdo davlat mulki ixtiyoriga o'tkazildi. Qishloq xo'jaligida yakkashaxs xo'jaligi yo'q qilindi va hamma dehqonlar kolxozlarga birlashtirildi. O'rta Osiyo xalqlari uzoq yillar Osiyo mamlakatlaridan uzoqlashib, tashqi dunyodan ajralib qoldi. Barcha tashqi aloqalar Moskvada markaziy hukumat tomonidan belgilanar va umumiy reja bo'yicha amalga oshirilar edi. Iqtisodiy rivojlanish ham Moskvada ishlab chiqiladigan umumiy reja asosida yuri-tilgan. Foydali qazilmalarni qidirib topish va qazib olish ham shu yo'sinda olib borildi, mahalliy xalqlar man-faatiga ikkinchi darajali masala deb qaraldi. Sotsialistik deb nomlangan bunday ishlab chiqarish usuli jamiyatning ijtimoiy tarkibini belgilab berdi. Bunda faqat uchta ijtimoiy guruh saqlanib qoldi, ya'ni - ishchilar, xizmatchilar va sovxoz-kolxoz dehqonlari. Savdo, tadbirkorlar qatlami yo'q bo'ldi, barcha xo'jalik boshqaruvi davlat qo'liga o'tdi. Bu hoi shaxsiy manfaat-larni yo'q qildi va oldingi o'ringa faqat davlat manfaat-lari chiqdi. Shu bilan birga davlat ijtimoiy dasturi aholinmg madaniy va ijtimoiy ta'minoti yuksalishini ta'minladi. O'rta Osiyo Respublikalari iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlar borasida Osiyodagi boshqa davlatlardan ancha o'zib ketdi. Ushbu Respublikalar hududida katta ishlab chiqarish kuchlari yig'ildi. Bu kuch kambag'allik ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: doc