O'rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, uning davrlari

O'rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, uning davrlari

O'quvchilarga / Tarix
O'rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, uning davrlari - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, uning davrlari va o'ziga xosligi. Qadimgi taraqqiyot (sivilizatsiya) tushunchasi. Qadimgi taraqqiyotning shakllanishi. Qadimgi odamlarning dastlabki makonlari. Selengur, Ko'lbuloq, Teshiktosh va boshqa manzillar. Olov va o'q-yoyning kashf etilishi). «Sivilizatsiya» so'zi nisbatan yaqinda, 2 asr muqaddam, fransuz ma'rifatchilari tomonidan ilmiy iste'foga kiritilgan, ular bu ibora orqali hur, ozod, odil, huquqiy tizimga ega grajdanlik jamiyatini ifoda qilganlar. Lotincha «civilis» Qadimdan grajdanlik, ya'ni harbiylashmagan jamiyat ma'nosida tushunilgan. Keyinchalik bu so'z turlicha, keng mazmunda ishlatiladigan bo'lib ketdi. Masalan, Amerikalik antropolog L. Morgan, uning ketidan nemis olimi F. Engels odamzod tarixidagi sivilizatsiyani yovvoyilik, vaxshiylik va yarim vaxshiylik davridan keyin kelgan ijtimoiy tizimi shakllangan, ijtimoiy tabaqa va sinflar, Davlatlar, xususiy mulkchilik tashkil topgan inson jamiyati rivojining muhim bosqichi sifatida anglaganlar. Ingliz tarixchisi A. Toynbi sivilizatsiyalarni hududiy madaniy-tarixiy taraqqiyot ko'rinishi deb hisoblagan. Sivilizatsiyaning boshlanish nuqtasi va asosiy obyekti-bu insondir. Odam tabiat ne'matlaridan o'z ehtiyoji uchun foydalanishga va uning ustidan o'z hukmronligini o'tkazishga intiladi. Sivilizatsiya-bu odamning komillik, yetuklikka intilish belgisidir. Al-(Forobiy «Fozil shahar aholisining maslagi» asarida shunday deydi: «har-bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishishga harakat qiladi». Alloma o'zining boshqa risolasida «Davlatning vazifasi-insonlarning baxt-saodatga olib borishdir. Bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritiladi», deb ta'kidlaydi. Yusuf Xos Hojib o'zining mashhur «Qutadg'u bilig» kitobida jamiyatning muvofiqlashtirish, uyg'unlashtirish, unga takomil bahsh etishning insonning asosiy burchi deb biladi. Buning uchun avvalo ilm va uni hayotga tatbiq etish muhimligini uqtiradi. Uning suyukli qahramoni aql va bilim egasi bo'lgan. Alisher Navoiy komillikni insonni ma'rifatli bo'lishida, yuksak ma'naviyatida, adolatning tantanasida va nihoyat, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 316 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 316 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga