O'rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida

O'rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida

O'quvchilarga / Tarix
O'rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida VI asrning o'rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug'larning hayot tarzi qoloq bo'lib, ularning mutlaq ko'pchiligida ibtidoiy-patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko'chmanchi badaviy oilalari, urug'lari o'z chorva mollari uchun yer-suv, o'tloq qidirib keng sahrolar bo'ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo'lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o'troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunar-mandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa, Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog'langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug'larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda yetakchi o'rin egallashiga imkoniyat yaratdi. Makka aholisi tevaragida ko'chmanchi arab qabil alarm ing birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu yerlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug'idan chiqqan payg'ambarimiz Muhammad Sallalohu alayhi vassaHam nomi bilan bog'liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta'limoti bo'ldi. Muhammad binni Abdullah (570-632) iiayotining oxirlariga kelib 630-yilda ko'p sonli arab qabilalarining islom bayrog'i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga asos soldi. Muhammad (s.a.v.) 632- yilda vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq xalifa deb e'lon qilindi. Shu tariqa, Arab xalifaligi tashkil topdi. Mazkur choriyorlar hukmronligi davrida xalifalik tarkibiga Shorn, Iroq, Yaman va boshqa hududlar qo'shib olindi. Ummaviylar davrida (661-750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar katta hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga G'arbda Misr, shimoliy Afrika yerlari, Andalusiya (hozirgi Ispaniya), shimoli-sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va shimoli-g'arbiy Hind sarhadlari kirar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.08 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.08 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga