O'rta Osiyo xalqlari hayotida uyg'onish davri, Fan va madaniyat ravnaqi

O'rta Osiyo xalqlari hayotida uyg'onish davri, Fan va madaniyat ravnaqi

O'quvchilarga / Tarix
O'rta Osiyo xalqlari hayotida uyg'onish davri, Fan va madaniyat ravnaqi - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish davri. Fan va madaniyat ravnaqi IX-XII asrlar madaniy yuksalishining shart-sharoitlari. Ilm-fan Fanda Uyg'onish davri deb ataladigan davr G'arbiy va Markaziy Yevropamamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba uyg'onish atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o'z asarlarida ishlatadi. Uyg'onish, uyg'onish davri atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko'proq antik davr merosini, ya'ni antik madaniyatga o'xshash madaniyatni qaytadan tirilishi, uyg'onishi ma'nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo'llanila boshlandi. Shu ma'noda ko'pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O'rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o'ziga xos xususiyatlarni ham uyg'onish davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. IX-XII asrlar O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo'ldi. VII asrda Arab xalifaligi hozirda O'rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo'lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo'ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o'lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo'lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o'zlashtirishga intilish kuchli bo'lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur'on suralarini tilovat qilishdan iborat bo'lgan bo'lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o'z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo'lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko'p vaqt o'tmay Movarounnahrda xatto o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.81 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.81 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga