o'rta OSIYo XONLIGI TARIXShUNOSLIGI Muqaddima Mustaqillik yillarida O'zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, o'zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan o'rnini yoritishga katta etibor berilmoqda. Shubhasiz, o'zbek davlatchiligi an'analarining shakllanishida va taraqqiy etishida muhim o'rin tutgan davrlardan biri o'zbek xonliklari davri hisoblanadi. G'arb Kaspiy dengizigacha, janubda Sharqiy Eron va Afg'oniston, shimol va sharqda Rossiya imperiyasi hamda Sharqiy Turkiston, Xitoy bilan savdo va diplomatik aloqalar olib borishda qulay geopolitik afzalliklarga ega bo'lgan xonliklar Markaziy Osiyo davlatlari orasida qulay geopolitik mavqega ega edi. XVI asr boshlariga kelib, temuriylardan so'ng shakllangan Shayboniylar sulolasi Movarounnahr, Xuroson va va Xorazmda o'z hukmronligini o'rnatgan bo'lsa, qisqa vaqtda u ikki qismga - Buxoro va Xiva xonliklariga, XVII asrning boshlariga kelib esa uchinchi davlatga, yani Qo'qon xonligiga ajraladi. Shu tariqa avval yagona davlat bo'lgan hududda uch xonlik - Buxoro (1510-1920 yy), Xiva (1911-1920 yy) va Qo'qon (1709-1876 yy) yuzaga keladi. Xonliklarning o'zaro va tashqi davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi aloqalari turli davrlarda turlilik kasb etib, murkkablashib boradi. Ayniqsa, XIX asrning o'rtalariga kelib, xonliklarga nisbatan tashqi xavf - Rossiya imperiyasining bosqinchilik xavfi kuchayib boradi. Bir tomondan xonliklarning ichki nizolar oqibatida siyosiy inqirozga yuz tutishi, ikkinchi tomondan Rossiya imperiyasining xonliklar hududlariga harbiy bosqinchilik yurishlarining kuchaytirilishi umumiy ahvolning yanada murakkablashuviga olib keldi. Bu holat nafaqat o'z vaqtida jahon siyosatchilarining diqqatini, balki ko'plab tarixchilarining diqqatini ham o'ziga jalb etadi. Xonliklarning ichki hayoti va tashqi siyosatdagi o'rni va faoliyati yuzasidan ko'plab asarlar yaratiladi, tadqiqotlar amalga oshiriladi. Turli yillarda yaratilgan tarixiy asarlarda Buxoro, Xiva va ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.8 KB
Ko'rishlar soni
659 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.8 KB
Ko'rishlar soni
659 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: docx