O'rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy yuksalish tarixshunosligi

O'rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy yuksalish tarixshunosligi

O'quvchilarga / Tarix
O'rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy yuksalish tarixshunosligi - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy yuksalish tarixshunosligi. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovutlar, mahalliy aholi va bosqinchilar o'rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi tufayli Movarounnahrda Somoniylar (819 y) hokimiyat tepasiga keldilar. Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy uyksalishiga yo'l ochdi. Movarounnahr maxsus geografik termin sifatida arablar o'rtasida VII-VII asrdan, aniqrog'i, arab istilolari boshlanish davridan ma'lum va «Daryo orqasidagi (Amudaryo ortidagi) yerlar» ma'nosini anglatgan. Darhaqiqat, shundan boshlab Movarounnahrning shon-shuhrati jahonga namoyon bo'ldi. Movarounnahr ilmu ziyo markazi sifatida butun dunyogav etildi. U islom ulamolarini etishtirgan, xususan, tarixshunos va geograf olimlar Vatani sifatida olamda shuhrat qozongan muqaddas uyrtdir. Vatanimizning IX-XII asrlaridagi madaniy uyksalishini tarixshunoslar sharq uyg'onish davriga mengzaydilar. Bo'riboy Ahmedovning «O'zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari» (Toshkent, 2003) risolasida O'zbekistonda VII-XIX asrlarda yashab ijod htgan tarixshunoslar, ularning ilmiy faoliyati va mmuhim asarlariga qisqacha to'xtalib o'tiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismga tarixshunos va geograf olimlar kiritilgan bo'lib, ikkinchi qismida biograf olimlar va ularning muhim asarlari (tazkiralari, manoqiblari) haqida umumiy ma'lumot beriladi. Risolada IX-XII asrlarda yashab, ijod qilgan 8 ta yirik, madaniy uyksalishga hissa qo'shgan, tarixshunoslar haqida ma'lumotlar beriladi. Bular quyidagilardir: Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy - VII-IX asrlarda (789-850 yy.) o'tgan xorazmlik qomusiy olim. Al-Xorazmiyning tarixiy asari - «Kitob ut-tarix» bo'lib, ayrim parchalari at-Tabariy (839-923 yy.) va Ibn-al-Asir (1160-1234 yy.)ning kitoblari orqali bizgacha etib kelgan. Bal'amiy - X asrda o'tgan buxorolik tarixnavis va davlat rabobi. Somoniylar qo'lida vazir vazifasida xizmat qilib, Tabariyning «Tarix ul-anbiyo» va - r-rasul va-l-xulofo» nomli asarini fors tilida muxtasar qilib qaytadan yozgan, natijada asardan foydalanish osonlashtirilgan. Abu Nasr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.84 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.84 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga