O'rta osiyoda Me'morchilik va san'at

O'rta osiyoda Me'morchilik va san'at

O'quvchilarga / Tarix
O'rta osiyoda Me'morchilik va san'at - rasmi

Material tavsifi

Me'morchilik va san'at IX-XII asrlarda o'lkada markazlashgan yirik davlatlarning shakllanishi va ularning rivoji, davlatchilikning mustahkamlanishi, ma'naviy hayot, ilm-fanning rivojlanishigagina emas, balki moddiy madaniyatning ham rivojlanishiga asos bo'ldi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Uzgan va Marv kabi shaharlarda saroylar, masjid, madrasalar, minoralar, maqbaralar, tim va karvonsaroylar ko'plab qurila boshladi. Bu davr O'rta Osiyo me'morchiligida ijtimoiy sharoitdan kelib chiqib, qurilish materiali sifatida paxsa, xom g'isht va pishiq g'isht hamda bog'lovchi element sifatida ganchdan foydalanish keng yo'lga qo'yilgan edi. Bu vaqtda sinch qadab quriladigan uy-joylar va umum ahamiyatga ega bo'lgan binolar, saroylar, masjidlar, madrasalar qurilishida yog'och ham muhim o'rin egallar edi. X asrlarga kelib binokorlikda qurilish tartibi ham o'zgara boshladi. Mahobatli qurilishda tomi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binolar muhim ahamiyatga ega bo'la boshladi. Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g'isht bilan qurilgan go'zal maqbara fikrimizga misol bo'la oladi. Bu bino to'rtburchak shaklida bo'lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To'rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o'tilgan. Shu bilan birga bu bino to'rt fasadlidir. Uning to'rttala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Oddiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo'q. Hamma tomoni bir xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o'sha davr uchun xos bo'lgan me'moriy xususiyatlardan ham ko'p foydalanilgan. Masalan, binoning tashqi burchaklariga ustunlar o'rnatish. Bino ichidagi bunday shakldagi, shuningdek, dumaloq manzarali maydonlar ham islomgacha bo'lgan yodgorliklarda uchraydi. IX-X asr me'morchiligi uslublarini saqlanib qolganligini ko'plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko'pgina masjidlar o'z vaqtida arablargacha bo'lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.36 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.36 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga