O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O'zbekiston SSR tuzilishi Milliy siyosat. Bolsheviklar partiyasi bosh bo'Igan Sovet hoki-miyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf yetishga muvaffaq bo'lgach, endilikda bu hududda iizoqqa mo'ljallangan o'z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko'zlab, u XX asrning 20- yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos orani buz, hokimlik qil qabilidagi o'z milliy siyosatini hayotga izchil tatbiq etish yo'Iini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chonzmning ko'p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug' daviatchilik siyosatidan mohiyat e'tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o'zgargan edi, xolos. Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o'lka xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, ashy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o'zjarinins niqoblangan soxta ishlari, yolg'on-yashiq va'dalari bilan mazlum miliai kbhilarini o'z hukmlariga bo'ysundirishga intildilar. Turkiston xalqlari o'z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920- yil yanvarida bo'lib o'tgan Turkiston Kompartiyasining V o'lka konferensiyasida Turkiston ASSR M IQ raisi T. Risqulov so'zga chiqib Yagona Turkiston g'oyasini ilgari surdi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston ASSRni Turk Respublikasi, Turkiston Komparliyasini Turk kompartiyasi, deb o'zgartirishni taklif qildi. Bu takliflar konferensiyada, shuningdek, o'lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo'mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo'ldi, T.Risqulov takliflari millatchilik, og'machilik ruhidagi qarashlar deb baholandi. T.Risqulov, N.Xo'jayev va boshqalar tarkibida tuzilgan deicgatsiya Moskvaga borib, Sovet hukumati oldiga Turkkomissiyani tugatish, Turkistonga o'z qurolli kuchlariga ega bo'lish huquqini berish, Sharq mamlakatlari bilan aloqa o'rnatishda Turkiston hukumatiga mustaqiHik berish kabi talablarni qo'ydilar. Shu boisdan, Turkiston masalasi bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo'mitasi Siyosiy ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.25 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.25 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: doc