O'rta Osiyoning eneolit, bronza va ilk temir davri manzilgohlari tarixiy geografiyasi Tosh va bronza davrlari o'rtasidagi davr mis-tosh (eneolit) deb ataladi. U miloddan avvalgiIV ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlarini o'z ichiga oladi. Bu davrda mis tez eruvchanligi va egiluvchanligi tufayli xo'jalik hayotda ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda avvalgidek tosh qurollar asosiy bo'lib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mis tosh asri deb yuritiladi. O'rta Osiyoning shimoli-sharq dashtlarida va Orol dengizi sohillarida ovchilik, baliqchilik va ilk chorvachilik xo'jaliklari rivojlandi. Buxoro vohasidagi Lavlakon, Beshbuloq makonlariva Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari eneolit davriga oiddir. Yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan g'arbda joylashgan Sarazm qishlog'i xarobasi muhim arxeologik yodgorlikdir. U dehqonchilik qabilalarining O'rta Osiyo shimoli-sharqiga yoyilganligidan dalolat berib, qadimgi dehqonchilik aholisining geografik chegaralarini ham ko'rsatadi. Sarazm qishlog'i xarobasi maydonda joylashgan 10 ta tepalikdan iborat. Shimol tomonda Qoraqum cho'li, janubi-g'arbda Kopetdog' bilan chegaralangan Turkmaniston yerlari quruq va issiq iqlimli o'lkadir. Joytun madaniyati asosida Anov I-II va Nomozgoh I-II davrlariga mansub eneolit zamoni madaniyati keng tarqalgan. Janubiy Turkmaniston hududida eneolit davriga oid ko'plab makon-tepa topilgan. Ularning asosiy qismi Ashxobodga yaqin joyda va Geoksyur vohasida (quyi Murg'ob va Tajan daryolari orasida) joylashgan. Geoksyur vohasi 8 ta qadimgi qishloqdan iborat. Olimlarning fikricha, vohada 400-500 kishi istiqomat qilgan. Eneolit davrida hayot kechirish uchun ancha keng hududlar o'zlashtirilgan. So'nggi eneolit davrida dehqonchilik bilan mashg'ul bo'lgan qabilalar quyi Murg'obda ham tarqaladi. Murg'ob vodiysida kanal-ariqlar qazib, suv chiqarish imkoni bo'lgan joylarda sug'orib ekiladigan dehqonchilikning turli shakllari vujudga keladi. Bu hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyoti darajasi yuqori bo'lgan. Sug'orma dehqonchilik ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.46 KB
Ko'rishlar soni
474 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.46 KB
Ko'rishlar soni
474 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: docx