O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari

O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari

O'quvchilarga / Tarix
O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O'zbek xalqining etnik shakllanishi. REJA: Davlatchilik tushunchasi. Qadimgi Baqtriya, uning o'zbek davlatchiligining shakllanishidagi o'rni. Qadimgi Xorazm. Ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayot. O'zbek xalqining etnik shaqillanishi o'zoq davom etgan murakkab jarayon ekanligi. IX-XII asrlarda turkiy qavmlarning o'zbek xalqining etnik shaqillanishidagi o'rni. Vatan tarixining dolzarb muammolaridan biri davlatchiligimiz tarixidir. SHuning uchun ham Respublikamiz prezidenti Islom Karimov 1998 yil iyun' oyining oxirlarida bir guruh yetakchi tarixchilar va ziyolilar vakillari bilan uchrashganda bu masalaga alohida ahamiyat berdi. O'zbek davlatchiligining paydo bo'lishi, asoslari va rivojlanish bosqichlari konkret ko'rsatilmaganligini tahkidlab o'tdi. Bu muammoning kun tartibida turish sabablari shundan iboratki, keyingi vaqtda o'zbek davlatchiligi tarixini Vatanimiz hududiga turli davrlarda kirib kelgan ko'chmanchi xalqlar davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Bazilar buni zo'r istihola bilan niqoblab aytsalar, bazilar jar solib, shu ko'chmanchilik davlatlari bilan farxlanishga chaqirdilar. Islom Karimov suhbatida Ko'chmanchilar kelgunga qadar bu yerda davlatchiligimizga asos bo'lgan mahalliy davlatlar bormidi o'zi?, deb savol berganlari bejiz emas. Davlatchilik masalasi ham ilmiy, ham siyosiy masala. Bu haqda prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar: Davlatchilik bugungi kunda o'ta siyosiy masala bo'lib turibdi. Nega deganda, O'zbekistonda davlatchilik bo'lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo'layotgan, kerak bo'lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g'alamislar orasida qanday qilib bo'lsa ham bizni yana sobiq SSR ga qaytarish niyatida yurganlar yo'q, deysizmi? O'zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu dahvoning 'uch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir. Tarixchilarimiz oldiga prezidentimiz havola qilgan bu muammo jiddiydir: u hali jiddiy tadqiqotlarni kutadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.96 KB
Ko'rishlar soni 833 marta
Ko'chirishlar soni 269 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.96 KB
Ko'rishlar soni 833 marta
Ko'chirishlar soni 269 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga