O'zbek xalqining etnik shakllanishi. Etnogenez va uni o'rganish masalalari Hozirgi kunga kelib, Respublikamizda milliy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, milliy mafkura g'oyalarini fuqorolarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirish va yanada teran anglatish kuchayib, O'zbekiston xalqlarining o'z o'tmish va kelib chiqishiga qiziqishi ortib bormoqda. Xususan, o'zbek xalqining etnik tarixi, uning xalq sifatida shakillanishi masalalari dolzarb ekanligi yurtboshimiz I.A.Karimovning Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q asarida (1998) har tomonlama asoslab berildi. Bu yo'nalishda tarixchilarimiz oldiga yechimi hayotiy zarur bo'lgan vazifalar qo'yildi. Jumladan, yurtboshimiz ta'kidlaganidek, Movarounnahr sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko'p yillar, balki, asrlar davomida yutrimizda ne-ne o'zga sulolalar hukmronlik qilmagan deysiz Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mug'ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. Lekin xalq qoldiku?, ana shunday har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag'asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo'q bo'lib ketishi kerak bo'lgan sharoitda baribir, qator yo'qotishlar bilan bo'lsa ham, millatimiz o'zligini saqlab qololdimi, yo yo'qmi? Olimlarimiz ana shu savolga javob bersinlar. Etnogenez yoki birorta xalqning kelib chiqish tarixi masalalari tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog'liqligi ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilgani ma'lum. Ammo, tarix fanining boshqa yo'nalishlariga (arxeologiya, etnografiya, antropoliya va bosh.) nisbatan o'zbek xalqi etnogenezi hamon jiddiy tadqiqotlar talab etadi. Etnogenez va etnik tarix masalalari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu yo'nalishdagi ayrim kuzatishlarni yunon, xitoy, rim, arab, eroniy va turkiy tillarda yozilgan qadimgi hamda o'rta asr mualliflari va sayyohlari asarlarida uchratish mumkin. Ular o'z asarlarida xalqlarning tashqi qiyofasidagi umumiylik, ba'zi urf-odatlarning yaqinligi va tillarning o'xshashligini ta'kidlaganlar. Ammo ular bu jarayonlarning asl ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.9 KB
Ko'rishlar soni
415 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.9 KB
Ko'rishlar soni
415 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: doc