O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi Davlat ramzlari. O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini mus-tahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo'lib, davlat ramzlari belgilab olindi. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991- yil 18-noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda Respublikaning tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o'zligini ham aks ettiradi. O'zbekistonning Davlat gerbi, o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992- yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o'zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e'zozlab kelingan. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992- yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O'zbekiston xalq shoiri AbdullaOripov, musiqasi O'zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. Mustaqillik qo'lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllan-tirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan O'zbekiston Oliy Kengashining 1990- yil 20-iyunda bo'lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo'yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganildi, inson huquqlari, demok-ratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo'lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.91 KB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.91 KB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:58 ]
Arxiv ichida: docx