O'zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy metodologik asoslari va uni o'rganishning ahamiyati. Reja: O'zbekiston tarixining fan sifatidagi o'rni va uning predmeti. O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy, ilmiy va metodologik asoslari. O'zbekiston tarixining davrlashtirilishi, manbalari va o'rganilishining ahamiyati. Tayanch so'z va iboralar: Fanning predmeti, dolzarb muammolari, xolslik, ilmiylik, tarixiylik, metodologiya, umuminsoniylik va umumbashariyat, mantiqiylik, dialektik uslub, tarixning davrlashtirilishi, moddiy va yozma manbalar. I. Bizga ma'lumki, har bir tarixiy taraqiyotning ma'lum bosqichlarida, turli ijtimoiy-siyosiy tub burilish yuz beradi. Bu o'zgarishlar xalqni, tinimsiz kurashlari, erk-ozodlik uchun harakatlari misolida ko'zga tashlanadi. Shu nuqtai-nazardan qaraydigan bo'lsak, XXI asr bo'sag'asida O'zbekiston xalqi tarixida yangi davr boshlandi. 1991 yil 1 sentyabrda O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi. Bu yil mustaqilligimizning 17 yilligini bayram qildik. Xalqimiz demokratik, odil huquqiy jamiyat qurish yo'lida dastlabki sinovlardan o'tib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo'lidan bormoqda. Endi uni asrash va mustahkamlash, tezda jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga ko'tarish xalqimizning, ayniqsa yoshlarimizning o'z o'rniga bo'lgan mehr-muhabbatiga va milliy istiqlol uchun kurashga tayyorgarligiga bog'liq. Tarix fani turli dunyo xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo'lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o'zgarib, hozirgiday bo'lib qolganligini o'rgansa, O'zbekiston tarixi esa uning ajralmas qismi bo'lib, shu tarixiy-madaniy jarayonlarga mos holda Ona zaminimizda o'tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi davomida sodir bo'lgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni to'laligicha o'rganadigan fandir. O'zbekiston tarixi fani dunyodagi eng qadimiy va boy tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqining qariyb 3 ming yillik tarixiy taraqiyotini o'rganuvchi fandir. Darhaqiqat, qullik, tobe'lik va mustamlaka mute'ligi asorati g'oyalardan ozod bo'lish ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.4 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.4 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:59 ]
Arxiv ichida: docx