O'zbekiston tarixi fanining fan sifatida tutgan o'rni. Uning o'rganish predmeti va obyekti Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o'tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bo'lishi va uning tadrijiy-evolutsion rivojlanish jarayoni va boshqalarni o'rganadi. Shuningdek, O'zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O'zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo'lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o'rganadi. Tarixiy haqiqat to'la ro'yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to'g'ri belgilanishi o'ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O'zbekiston tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo'lib hisoblanadi. Zero, fan uning o'rganish predmeti va obyekti aniq bo'lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo'lib, maqsadga erishish mushkul bo'ladi. O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o'laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o'z o'rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o'z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta'sir etadi. Bu uning o'rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to'la namoyon bo'lmog'i kerak. Tarix fani o'z xususiyatiga ko'ra, birinchidan, o'zining butun diqqat e'tiborini faqat o'tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma'naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o'rganadi. Ikkinchidan, O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o'rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.46 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.46 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:59 ]
Arxiv ichida: doc