O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati

O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng dastlabki kunlardanoq mustaqillikni mustahkamlashning ulkan vazifalari qatorida milliy istiqlol mafkurasini yaratishdek dolzarb vazifa ham kun tartibi masalalaridan biri edi. Chunki endigina mustaqillikka erishgan xalqimizning. ongida, tushunchasida hali malum bir shubha, qo'rquvga o'xshash holatlar, sho'rolar davri va komfirqa mafkurasining qoldiq va asoratlari saqlanib qolgan edi. qolaversa yangi, mustaqil O'zbekiston davlatining ham o'ziga xos, xalqni to'g'ri yo'ldan ozod, erkin, istiqlolga boshlab boruvchi milliy istiqlol mafkurasi ham yaratilishi shart edi. Barchamizga malumki milliy mafkuraning o'ziga xos teran ildizi, asoslari bo'lishi kerak. Bu o'rinda albatta, ishni avvalo yashab turgan mamlakatimizning, xalqimizning tarixini, ajdodlarimiz bosib o'tgan ham sharafli, ham mashaqqatli yo'l va ular yaratgan moddiy-ma'naviy meros tarixini o'rganishdan, qolaversa, sho'rolar hukmronligi davrida tariximizni soxtalashtirilgan, o'chirilgan tomonlarini haqqoniy, xalqona, adolatli yoritib, elimizga elon qilishdan boshlash zarur edi. Shuning uchun ham yurtboshimiz I. Karimov mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanok tariximizni, o'tmishimizni mukammal o'rganishga alohida etibor karatdi. Chunki, tarixni o'rganish va bu orqali o'zligimizni anglash-milliy mafkuraning ajralmas, tarkibiy qismi ekanligini unutmasligimiz kerak. O'tmishimizni o'rganib o'zligimizni anglash bilan bir qatorda, ajdodlarimiz haqida, ularning tariximizdagi o'rni va kelajak avlodlar uchun bajarib ketgan oliyjanob-ishlari haqida: o'tgan mutafakkirlarimizning iqtidori, ijodi jahon miqyosida bo'lganligi haqida, shuningdek ko'p ming yillik bosib o'tilgan yo'llardagi boshdan kechirilgan urushlar, bosqinlar, qaramlik davrlari-bularning bari haqidagi ma'lumotlarni bilish xalqimiz ongida, tushunchasida juda katta ijobiy o'zgarishlar yasaydi. Milliy g'urur, milliy faxr, iftixor tuyg'ularini vujudga keltirish bilan birga, ayni vaqtda milliy istiqlol mafkurasi haqidagi tushuncha va bilimlarni ham tezroq o'zlashtirilishini osonlashtiradi. Milliy istiqlol o'zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.9 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.9 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga