O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o'rganishda manbalar

O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o'rganishda manbalar

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o'rganishda manbalar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o'rganishda manbalarning ahamiyati Barcha tarixlarda bo'lganidek, O'zbekiston tarixida ham davrlashtirish masalasi o'ta muhim masala. U shu tarixni o'rganuvchi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va metod (usul)lari bilan bevosita bog'liq. Demak, tarix fani qanchalik haqqoniy ilmiy-nazariya, g'oya, ta'limot va metodologiya (uslubiyat) hamda usullar bilan qurollangan bo'lsa, u shunchalik to'g'ri davrlashtiriladi. Ma'lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o'z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g'oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o'choqlaridan biri hisoblanadi. O'tmishda taqdir taqozosiga ko'ra tariximiz aniqrog'i Vatanimi hududi jahon miqyosda kengayib va ma'lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o'ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo'lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O'zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi. Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz Islom Karimovning Yangi tarix g'oyasiga amal qilgan holda Ona tariximizning ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma'lum yutuqlarni qo'lga kiritdilar. Birinchidan, tarixni uzluksiz inqilobiy jarayon, qarama-qarashi murosasiz sinfiy kuchlar to'qnashuvidan iborat deb tushunish va besh formatsiyaga bo'lishdan batamom voz kechildi. Asosiy e'tibor esa, tarixni evolutsion-tadrijiy uzliksiz rivojlanish va geografik hududiy mintaqa asosida davlashtirishga qaratildi. Bunga keyingi paytlarda chop etilgan tarixiy asarlar, o'quv qo'llanma va darsliklarning mazmun hamda mundarijalari guvohlik berib turibdi. Ushbu darslik maxsus tuzilib tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Shuning uchun ham, unda O'zbekiston tarixi boshdan-oyoq shartli ravishda eng muhim davrlarga bo'lindi. Bunday xronologik davrlashtirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.81 KB
Ko'rishlar soni 988 marta
Ko'chirishlar soni 161 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.81 KB
Ko'rishlar soni 988 marta
Ko'chirishlar soni 161 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga